35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar — yurtimiz kelajagi, sport esa ularning yuksak marralar sari ishonchli qadamidir!
янв.21
🩺 Ayollar salomatligi – e’tibor markazida
янв.21
Barkamol avlod – yurt kelajagi: Deputat sport ob’ektlari holatini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat tashabbusi: Mevazor mahallasidagi elektr ta’minoti muammosi hal etildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda tumandagi yoshlar siyosati ijrosini o‘rgandilar.
янв.21
Tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S.Rustamov G‘afur G‘ulom mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi
янв.21
JizzaxTRK kanalida Do’stlik tuman ma’sullari to‘g‘ridan - to‘g‘ri efir tashkil etildi.
янв.21
Deputat_yoshlar_bilan_birga.
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan muhim qadam
янв.21
Deputatlar tashabbuskorlar bilan birga
DEPUTATLIK SO‘ROVLARI IJROSI BO‘YICHA MONITORING MUHOKAMASI O‘TKAZILDI

 DEPUTATLIK SO‘ROVLARI IJROSI BO‘YICHA
MONITORING MUHOKAMASI O‘TKAZILDI
 

  

🔹 Tuman Kengashi raisi B.Ahmadjonov
boshchiligida doimiy komissiya raislari hamda kotibiyat xodimlari ishtirokida
deputatlik so‘rovlariga berilayotgan javoblar va ularning amaliy ijrosi
yuzasidan monitoring muhokamasi o‘tkazildi. 

🔹 Muhokamada deputatlik so‘rovlarining fuqarolar
muammolarini tezkor aniqlash va ularni joyida hal etishdagi samarali mexanizm
sifatida ahamiyati alohida ta’kidlandi. Shu bilan birga, so‘rovlar ijrosini
kuchaytirish va mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada samarali yo‘lga
qo‘yish zarurligi qayd etildi. 

🔹 Ma’lum qilinishicha, shu kunga
qadar tuman Kengashi deputatlari tomonidan 40 ta deputatlik so‘rovi yuborilgan
bo‘lib, ularning ijrosi natijasida fuqarolarning ko‘plab murojaatlari
bosqichma-bosqich ijobiy hal etilib bormoqda. Bu esa deputatlik nazoratining
amaliy samaradorligi ortib borayotganidan dalolat beradi.  

Slide 1 of 4