Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tashabbusi: Mevazor mahallasidagi elektr ta’minoti muammosi hal etildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda tumandagi yoshlar siyosati ijrosini o‘rgandilar.
янв.21
Tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S.Rustamov G‘afur G‘ulom mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi
янв.21
JizzaxTRK kanalida Do’stlik tuman ma’sullari to‘g‘ridan - to‘g‘ri efir tashkil etildi.
янв.21
Deputat_yoshlar_bilan_birga.
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan muhim qadam
янв.21
Deputatlar tashabbuskorlar bilan birga
янв.21
Xalq deputatlari Do‘stlik tumani Kengashining o'n to'rtinchi sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati va deputatlar Do'stlik tumanida
янв.21
Manas mahallasida yoshlar faoliyati
‼️‼️ Yakkasaroy tumanida mahallalarni o‘rganish va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tizimli ishlar davom etmoqda

‼️‼️ Yakkasaroy tumanida mahallalarni o‘rganish va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tizimli ishlar davom etmoqda

Tasdiqlangan grafik asosida Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi kotibiyati mudiri Mirkasimov Djasur Alisherovich hamda 6-Armug‘on saylov okrugi deputati Yuldasheva Umida Tuxtamuradovna tomonidan “Armug‘on” mahalla fuqarolar yig‘ini “mahalla yettiligi” a’zolari: hokim yordamchisi Daminov Pardajon Dilshod o‘g‘li, mahallaga biriktirilgan ijtimoiy xodim Batirova Mazmuna Mirzaakbarovna, xotin-qizlar faoli Rasulova Dilnoza Saidaliyevna, yoshlar yetakchisi Qurbonboyev Nurali Yusupboy o‘g‘li, soliq inspektori Pulatova Sayyora Murodjon qizi hamda profilaktika inspektori Muxamadov Azizbek Madamin o‘g‘li bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda hududni kompleks (24 ta tavsiya asosida) o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan aniq tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Uchrashuv davomida mahallada ijtimoiy muhitni yanada yaxshilash, fuqarolar bilan manzilli ishlash, ehtiyojmand oilalarni aniqlash va ularni qo‘llab-quvvatlash, kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishida aniq mexanizmlarni joriy etish, xususan, bandlikni ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb qilish, imtiyozli kredit va subsidiya imkoniyatlaridan samarali foydalanish orqali oilalarning daromadini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. “Mahalla yettiligi” a’zolarining asosiy vazifalaridan biri aynan kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish ekani, bu borada ularning mas’uliyati va o‘zaro hamkorligi muhim ekani ta’kidlandi.

Shundan so‘ng kotibiyat mutaxassisi Adashboyev Aziz Ag‘zam o‘g‘li “mahalla yettiligi” a’zolari bilan birgalikda hududlarga chiqib, xonadonma-xonadon yurib, aholi turmush sharoitlari, muammolari va ehtiyojlarini o‘rganish, fuqarolar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazib, ularning taklif va murojaatlarini tinglash belgilab olindi.

🔹 Bunday o‘rganish ishlari mahallalarda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, aholining muammolarini joyida hal etish hamda davlat organlari bilan fuqarolar o‘rtasidagi muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

🔹 Yakkasaroy tumanida bu kabi tizimli ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 1