Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tashabbusi: Mevazor mahallasidagi elektr ta’minoti muammosi hal etildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda tumandagi yoshlar siyosati ijrosini o‘rgandilar.
янв.21
Tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S.Rustamov G‘afur G‘ulom mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi
янв.21
JizzaxTRK kanalida Do’stlik tuman ma’sullari to‘g‘ridan - to‘g‘ri efir tashkil etildi.
янв.21
Deputat_yoshlar_bilan_birga.
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan muhim qadam
янв.21
Deputatlar tashabbuskorlar bilan birga
янв.21
Xalq deputatlari Do‘stlik tumani Kengashining o'n to'rtinchi sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati va deputatlar Do'stlik tumanida
янв.21
Manas mahallasida yoshlar faoliyati
Mahallada muammolar ochiq muhokama qilinib, amaliy yechimlar belgilandi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati  

❗️Mahallada muammolar ochiq muhokama qilinib, amaliy yechimlar belgilandi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisining 2025-yil 29-apreldagi 18-14-0-F/25-son farmoyishiga muvofiq, Kengash kotibiyati xodimlari tomonidan deputatlarga amaliy yordam ko‘rsatish ishlari izchil davom etmoqda.

👥 Jumladan, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sarvar Irgashev hamda Uchtepa tuman Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov bilan birgalikda 22-Bog‘dod saylov okrugidan saylangan deputat Ziyodullayev Ulug‘bekning okrugidagi Davlatobod mahallasida mahalla faollari, fuqarolar hamda mahalla “yettiligi” a’zolari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

📝 Uchrashuv davomida Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasidagi masalalar atroflicha muhokama qilinib, ayniqsa yoshlar bandligi, ijtimoiy xizmatlar sifati, kommunal infratuzilma, yo‘llar holati, hudud obodonchiligi, jamoat transporti, tibbiy xizmatlar hamda aholi turmush darajasiga bevosita ta’sir qiluvchi boshqa dolzarb yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi.

🔎 Shuningdek, mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, hududdagi mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar tinglandi. Har bir masala yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olinib, ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

🤝 Uchrashuv yakunida ko‘tarilgan muammolarni bosqichma-bosqich hal etish, zarur hollarda deputatlik so‘rovlari kiritish hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

📌 Mazkur uchrashuv aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning muammolarini joyida aniqlash va tezkor yechim topishga qaratilgan samarali platforma bo‘lib xizmat qildi.

📱 Telegram (https://t.me//poytaxt_deputatlari) 📱 Instagram (https://www.instagram.com/poytaxt_deputatlari) 📱 Facebook (https://www.facebook.com/poytaxtdeputatlari) 📱 YouTube (https://www.youtube.com/@poytaxtdeputatlari) 🔎 E-kengash (https://kengash.gov.uz/news?region_id=14&authority_id=424)

Slide 1 of 7