35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar — yurtimiz kelajagi, sport esa ularning yuksak marralar sari ishonchli qadamidir!
янв.21
🩺 Ayollar salomatligi – e’tibor markazida
янв.21
Barkamol avlod – yurt kelajagi: Deputat sport ob’ektlari holatini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat tashabbusi: Mevazor mahallasidagi elektr ta’minoti muammosi hal etildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda tumandagi yoshlar siyosati ijrosini o‘rgandilar.
янв.21
Tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S.Rustamov G‘afur G‘ulom mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi
янв.21
JizzaxTRK kanalida Do’stlik tuman ma’sullari to‘g‘ridan - to‘g‘ri efir tashkil etildi.
янв.21
Deputat_yoshlar_bilan_birga.
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan muhim qadam
янв.21
Deputatlar tashabbuskorlar bilan birga
📢 Yoshlar — yurtimiz kelajagi va tayanchi!

📢 Yoshlar — yurtimiz kelajagi va tayanchi!

Bugun O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyatini keng tushuntirish maqsadida navbatdagi targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Mirova Nargiza Sayfullayevna hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zolari faol ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida yoshlarga oid davlat siyosatining quyidagi ustuvor yo‘nalishlariga alohida to‘xtalib o‘tildi:

Yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash;

Yosh avlodning hayoti va sog‘lig‘ini saqlashga ko‘maklashish;

Ma’naviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol topishlari uchun sharoit yaratish;

Yoshlar uchun ochiq va sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish;

Yoshlarni ishga joylashtirish va ularning bandligini ta’minlash masalalari.

Tadbir yakunida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi va kelgusidagi rejalar yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

Slide 1 of 3