2024 yilning 13 iyun kuni Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputatlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi “2024-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-404-son Qarori ijrosi doirasida
Quva tumani “Ittifoq” mahalla fuqarolar yig‘inidagi 15-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Iftixor ta’mir servis” MChJ tomonidan rekonstruksiya va kapital ta’mirlash, shuningdek, “Bahor” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 7-son maktabgacha ta’lim tashkilotida rekonstruksiya bo‘yicha “Plandem” MChJ tomonidan olib borilayotgan ishlar xolatni o‘rgandilar.
O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan deputatlar tashkilot mas’ullariga tegishli tavsiyalar berdilar.