Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda tumandagi yoshlar siyosati ijrosini o‘rgandilar.
янв.21
Tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S.Rustamov G‘afur G‘ulom mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi
янв.21
JizzaxTRK kanalida Do’stlik tuman ma’sullari to‘g‘ridan - to‘g‘ri efir tashkil etildi.
янв.21
Deputat_yoshlar_bilan_birga.
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan muhim qadam
янв.21
Deputatlar tashabbuskorlar bilan birga
янв.21
Xalq deputatlari Do‘stlik tumani Kengashining o'n to'rtinchi sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati va deputatlar Do'stlik tumanida
янв.21
Manas mahallasida yoshlar faoliyati
янв.21
Deputat so'rovi natijakorligi
Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashi doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

🏛 Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashi doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

📌 Farg‘ona shahrida yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish va sohada amalga oshirilayotgan davlat siyosatining samaradorligini tahlil qilish maqsadida Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi o‘tkazildi.

✅  Yig‘ilishda Yoshlar ishlari agentligi Farg‘ona shahar bo‘limi boshlig‘i A.Akramovning “Farg‘ona shahar hududida yoshlarga oid davlat siyosati sohasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida”gi hisoboti tinglandi.

✅ Yoshlar bandligi: Shaharda ishsiz yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish va ularning bandligini ta’minlash borasida ko‘rilgan chora-tadbirlar;

✅ Daftar ro‘yxatida turgan yigit-qizlarga ko‘rsatilgan ijtimoiy, iqtisodiy va psixologik ko‘mak natijalari;

✅ Tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash: Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sport va madaniyat yo‘nalishidagi loyihalarning ijrosi.

✅ xalq deputatlari tomonidan hisobot atroflicha muhokama qilindi. Deputatlar sohada erishilgan natijalar bilan birga, mahallalarda yoshlar yetakchilari faoliyatining samaradorligini oshirish va muammoli yoshlar bilan manzilli ishlash tizimini yanada kuchaytirish lozimligini ta’kidladilar.

✅ Yig‘ilish yakunida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi. Unga ko‘ra:

-Yoshlar siyosati yo‘nalishidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

-Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.

-Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar bilan ishlashning yangi bosqichlari yuzasidan chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

🔗Xalq deputatlari Fargʻona shahar Kengashi

👉 https://t.me/farkengashrasmiy

https://www.facebook.com/groups/554941778978408/?ref=share&mibextid=NSMWBT

Slide 1 of 2