Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Barkamol avlod – yurt kelajagi: Deputat sport ob’ektlari holatini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat tashabbusi: Mevazor mahallasidagi elektr ta’minoti muammosi hal etildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda tumandagi yoshlar siyosati ijrosini o‘rgandilar.
янв.21
Tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S.Rustamov G‘afur G‘ulom mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi
янв.21
JizzaxTRK kanalida Do’stlik tuman ma’sullari to‘g‘ridan - to‘g‘ri efir tashkil etildi.
янв.21
Deputat_yoshlar_bilan_birga.
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan muhim qadam
янв.21
Deputatlar tashabbuskorlar bilan birga
янв.21
Xalq deputatlari Do‘stlik tumani Kengashining o'n to'rtinchi sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati va deputatlar Do'stlik tumanida
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

 Nogironligi bo‘lgan fuqarolar bandligi – e’tibor va amaliy natija 

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati mudiri N.Turdiyev tomonidan tumanda nogironligi bo‘lgan fuqarolar bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi. 

O‘rganish jarayonida A.Navoiy mahallasida faoliyat yuritayotgan “Jajjilar saltanati” xususiy maktabgacha ta’lim muassasasida mahallada istiqomat qiluvchi 6 nafar nogironligi bo‘lgan fuqarolar doimiy ish bilan ta’minlangani alohida e’tiborga loyiqdir. 

Shuningdek, o‘rganish davomida ushbu fuqarolar bilan bevosita uchrashilib, ularning mehnat faoliyati, yaratilgan sharoitlar hamda ish jarayonidagi ishtiroki o‘rganildi. Suhbatlar davomida ularning haqiqatda rasmiy tarzda mehnat qilayotgani, o‘z ishidan mamnunligi va jamiyat hayotida faol ishtirok etayotgani tasdiqlandi. 

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati.  

Slide 1 of 3