Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlar tashabbuskorlar bilan birga
янв.21
Xalq deputatlari Do‘stlik tumani Kengashining o'n to'rtinchi sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati va deputatlar Do'stlik tumanida
янв.21
Manas mahallasida yoshlar faoliyati
янв.21
Deputat so'rovi natijakorligi
янв.21
Inson qadri — amaliy e’tiborda: ehtiyojmand oilalar uy-joylarini energiya samaradorligini oshirish orqali yaxshilash masalasi muhokama qilindi
янв.21
“Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq hasharida Xalq deputatlar xam faol
янв.21
Deputat faoliyatining eng oliy mezoni — bu aholi ishonchi va roziligidir. Xalq dardi bilan yashab, ularning muammosiga yechim topgan deputatgina chinakam xalq vakili bo‘la oladi.
янв.21
Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi deputati Kenjaev Jalil Qodirovich hamda Xalq deputatlari Doʻstlik tuman Kengashi deputati Qudratova Malika Mamatmuratovna Doʻstlik tumanidagi Navroʻz mahalla fuqarolar yigʻini hududida aholi bilan uchrashuv oʻtkazdilar.
янв.21
Deputatlar va mahalla yettiligining jinoyatchilikka qarshi hamkorlikdagi ishlari
Deputat faoliyatidan

 “Ungut” mahallasidagi o‘rganishlarda sport infratuzilmasini yaxshilash masalasi kun tartibida bo‘ldi.

Xalq manfaatlari yo‘lidagi izchil ishlarning mantiqiy davomi sifatida Xalq deputatlari
Ohangaron tuman Kengashi deputati Nilufar Abdiqulova tuman Kengashi kotibiyati mutasaddilari
bilan birgalikda “Ungut” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlarini amalga
oshirdi.
 

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — mahallada aholi, ayniqsa yoshlar va bolalar uchun yaratilgan
sport infratuzilmasi holatini o‘rganish, mavjud imkoniyatlar va muammolarni aniqlashdan
iborat bo‘ldi. Bu borada hududdagi sport inshootlari, umumta’lim maktablari, kollej
va akademik litseylardagi sport zallari hamda ularning jihozlanish darajasi atroflicha
tahlil qilindi.
 

Dastlab, deputat va mutasaddilar 11-umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasining
sport zali holati bilan tanishishdi. Zalning jihozlanishi, sport anjomlarining
yetarliligi, ularning texnik holati sinchiklab ko‘zdan kechirildi. O‘rganishlar
davomida ayrim jihozlarni yangilash va sport infratuzilmasini yanada takomillashtirish
zarurligi qayd etildi.
 

Shundan so‘ng, mahallada istiqomat qiluvchi aholi va yoshlar vakillari bilan ochiq muloqot
tashkil etildi. Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda yoshlar o‘zlarini qiziqtirayotgan
masalalar, ayniqsa sport bilan shug‘ullanish uchun sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha
taklif va mulohazalarini bildirishdi. Xususan, ular mahallada zamonaviy talablarga
javob beradigan stadion qurish zarurligini alohida ta’kidlashdi.
 

Deputat Nilufar Abdiqulova yoshlarning ushbu murojaatini diqqat bilan tinglab, uning ijobiy
yechimini ta’minlash maqsadida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy chora-tadbirlar
ko‘rish zarurligini bildirdi. Shuningdek, mazkur masala yuzasidan tegishli idoralar
bilan muhokamalar olib borish rejalashtirildi.
 

Mazkur o‘rganish va muloqotlar aholi, ayniqsa yoshlar uchun munosib shart-sharoitlar yaratish,
ularni sog‘lom turmush tarziga jalb etish va sport infratuzilmasini yanada rivojlantirish
yo‘lida muhim ahamiyat kasb etishi tayin.
  

Slide 1 of 4