Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Barkamol avlod – yurt kelajagi: Deputat sport ob’ektlari holatini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat tashabbusi: Mevazor mahallasidagi elektr ta’minoti muammosi hal etildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda tumandagi yoshlar siyosati ijrosini o‘rgandilar.
янв.21
Tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S.Rustamov G‘afur G‘ulom mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi
янв.21
JizzaxTRK kanalida Do’stlik tuman ma’sullari to‘g‘ridan - to‘g‘ri efir tashkil etildi.
янв.21
Deputat_yoshlar_bilan_birga.
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan muhim qadam
янв.21
Deputatlar tashabbuskorlar bilan birga
янв.21
Xalq deputatlari Do‘stlik tumani Kengashining o'n to'rtinchi sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati va deputatlar Do'stlik tumanida
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish — muhim vazifa

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputati M.Ergasheva tomonidan shahardagi Tibbiyot birlashmasida faoliyat olib borayotgan hamshiralar bilan uchrashuv o‘tkazildi. 

Uchrashuv davomida tibbiyot muassasasida bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, xodimlarning bemorlar bilan muomala madaniyati, xizmat ko‘rsatish jarayonida mas’uliyat va e’tiborni yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Muloqot jarayonida deputat tomonidan hamshiralarga bemorlarga nisbatan e’tiborli va xushmuomala munosabatda bo‘lish, har bir murojaatga mas’uliyat bilan yondashish, tibbiy xizmat ko‘rsatishda sifat va samaradorlikni oshirish, shuningdek, kasbiy faoliyatda tibbiy etika hamda odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025–2030 yillarda bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy strategiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–186-son qarori mazmun-mohiyatiga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.

Mazkur qaror asosida bolalarda onkologik kasalliklarni erta aniqlash, malakali tibbiy xizmat ko‘lamini kengaytirish, aholi, ayniqsa, oilalar o‘rtasida tibbiy madaniyat va profilaktika ishlarini kuchaytirish muhim vazifalardan biri ekani ta’kidlandi. Bu borada tibbiyot xodimlari, jumladan, hamshiralarning mas’uliyati va faol ishtiroki alohida ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

Bugungi kunda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, avvalo, tibbiyot xodimlarining o‘z kasbiga bo‘lgan sadoqati, bemorlarga bo‘lgan munosabati hamda xizmat madaniyati bilan chambarchas bog‘liqdir. Ayniqsa, hamshiralar tomonidan bemorlarga ko‘rsatiladigan birlamchi e’tibor va muomala ularning ruhiy holati hamda davolanish jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi alohida qayd etildi.

Shu bilan birga, inson salomatligi va hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan ushbu sharafli kasb egalaridan doimo mas’uliyat, sabr-toqat, mehr-oqibat va fidoyilik talab etilishi ta’kidlandi.

Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — shahardagi tibbiyot muassasasida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash, bemorlar uchun qulay va samimiy muhit yaratish hamda tibbiyot xodimlari faoliyatida xizmat madaniyatini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

Aholi salomatligini asrash, ayniqsa, bolalar salomatligini muhofaza qilish va ularga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish masalalari doimo e’tibor markazida bo‘lib qoladi.

Slide 1 of 3