Joriy yilning 8-aprel kuni Mirobod tumani hokimligi kichik muzokaralar zalida Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashining Mahalliy byudjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi 97-yig’ilish majlisi bo‘lib o‘tdi.
Yig’ilish ishida deputatlar, hokim o‘rinbosarlari, tuman Iqtisodiyot va Moliya bo’limi rahbari va tegishli idora-tashkilot mas’ullari ishtirok etdi.
Yig’ilishda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, Mirobod tumani mahalliy byudjetining 2024-yil 1-chorak byudjet daromadlari bazasini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijadorligi, tumani mahalliy byudjetining 2024-yilda shakllangan qo‘shimcha manbalarini xarajatlarga yo‘naltirish, tumani hokimligi qoshida ochilgan “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘larini 2024-yil 1-chorak yakuni bo‘yicha ishlatilishi va tuman hokimligi qoshida ochilgan “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida 7 ga yaqin masala yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilot rahbarlarining hisobotlari tinglandi.
Ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan komissiya a’zolarining fikri tinglanib, qaror loyihalarini navbatdagi sessiyaga kiritish bo’yicha takliflar ma’qullandi.