Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Chindan ham, davlat va xalq xizmatchisi — senator bo‘ladimi, deputat bo‘ladimi, hokim yoki vazir bo‘ladimi — rahbarlik mas’uliyatini o‘z zimmasiga olgach, beparvo va loqayd bo‘lib yurishga, huzur-halovatga berilib yashashga ma’naviy haqqi yo‘q.”
янв.21
Deputatlar va mahalla yettiligining jinoyatchilikka qarshi hamkorlikdagi ishlari
янв.21
Do‘stlik tuman A.Navoiy MFYda yoshlar bandligi o‘rganildi
янв.21
Do‘stlik tumanida “Salomatlik uchun 5000 qadam” tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Deputatlar ishtirok etgan sport musobaqasi
янв.21
“Madad” NTT va Xalq deputatlari Do‘stlik tuman Kengashi o‘zaro hamkorligi: hudud rivoji va jamoatchilik nazoratining muhim omili
янв.21
Do'stlik tumanida yoshlar siyosati sohasi oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Do'stlik tuman Kengashining navbatdagi 13-sessiyasi bo'lib o'tdi.
янв.21
“Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yili doirasida tuman hokimining 2025 yil yakunlari va 2026 yilga moʻljallangan ustivor vazifalar, aholi farovonligini oshirish hamda hududlarni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va xavfsiz muhitni ta'minlash
янв.21
Do‘stlik tumanida korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat yuritayotgan xodimlar o‘rtasida tuman hokimi kubogi uchun sportning minifutbol turi hamda ayollar o‘rtasida voleybol bo‘yicha Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i kuboklari uchun musobaqalarga tantanali ravishda start berildi.
#munosabat

Prezident murojaatnomasi – Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining strategik yoʻl xaritasi

Jahondagi murakkab geosiyosiy va iqtisodiy jarayonlar kuchayib borayotgan, islohotlar qat’iyat va aniqlikni talab qilayotgan bir paytda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasi mamlakat taraqqiyoti uchun muhim dasturiy hujjat bo‘ldi.

Mazkur Murojaatnoma faqat o‘tgan yil sarhisobi emas, balki davlat va jamiyat oldida turgan dolzarb vazifalarga aniq javob, kelgusi rivojlanish yo‘nalishlarini belgilab beruvchi strategik yo‘l xaritasi bo‘ldi.

Murojaatnomada 2025-yilda mamlakat iqtisodiy ko‘rsatkichlarida muhim natijalar qayd etilgani ta’kidlandi. Jumladan, mamlakatning yalpi ichki mahsuloti (YAIM) ilk bor 145 milliard AQSH dollaridan oshdi, eksport hajmi sezilarli darajada o‘sdi.

Shu bilan birga, aholi farovonligini oshirish yo‘lida ham salmoqli ishlar amalga oshirildi. Xususan, 715 mingga yaqin xonadon ichimlik suvi bilan ta’minlandi, infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamli loyihalar hayotga tatbiq etildi.

Murojaatnomada mamlakatning uzoq muddatli iqtisodiy maqsadlari ham aniq belgilab berildi. Xususan, O‘zbekiston iqtisodiyoti hajmini 240 milliard AQSH dollaridan oshirish maqsadi qo‘yilib, bu yangi rivojlanish bosqichiga o‘tish yo‘lida muhim strategik qadam sifatida baholandi.

Tashqi siyosat masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Hozirgi global geosiyosiy vaziyatda O‘zbekiston barcha davlatlar bilan teng huquqli va konstruktiv munosabatlarni mustahkamlash siyosatini izchil davom ettirishi ta’kidlandi. Yaqin qo‘shni davlatlar bilan do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish, savdo-iqtisodiy, transport, energetika, ekologiya va ta’lim sohalarida hamkorlikni kengaytirish ustuvor vazifalar sifatida belgilandi.

Prezidentimiz korrupsiyaga qarshi kurashni asosiy vazifalardan biri sifatida ta’kidlab, 2026-yilda ushbu illatga qarshi kompleks chora-tadbirlarni kuchaytirish zarurligini qayd etdi.

Murojaatnoma mamlakat taraqqiyotida yangi bosqichga qadam qo‘yilayotganini yaqqol namoyon etdi. Unda belgilangan maqsad va vazifalar iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash, ijtimoiy sohani izchil rivojlantirish, davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish hamda tashqi siyosatda muvozanatni saqlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Umuman aytganda, Murojaatnoma davlat organlari uchun aniq amaliy vazifalarni belgilab bergan dasturiy hujjat bo‘lish barobarida, jamiyatni umumiy maqsadlar atrofida jipslashtirishga xizmat qiladi. Unda ilgari surilgan ustuvor yo‘nalishlar mamlakatning uzoq muddatli taraqqiyotiga xizmat qilishi, islohotlarning izchil va ortga qaytmas tus olishi uchun mustahkam asos yaratadi.