Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda tumandagi yoshlar siyosati ijrosini o‘rgandilar.
янв.21
Tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S.Rustamov G‘afur G‘ulom mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi
янв.21
JizzaxTRK kanalida Do’stlik tuman ma’sullari to‘g‘ridan - to‘g‘ri efir tashkil etildi.
янв.21
Deputat_yoshlar_bilan_birga.
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan muhim qadam
янв.21
Deputatlar tashabbuskorlar bilan birga
янв.21
Xalq deputatlari Do‘stlik tumani Kengashining o'n to'rtinchi sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati va deputatlar Do'stlik tumanida
янв.21
Manas mahallasida yoshlar faoliyati
янв.21
Deputat so'rovi natijakorligi
Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida Yangi O‘zbekistonning 2026-yilda va istiboldagi taraqqiyot yo‘lida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor maqsadlar va vazifalar belgilab berildi.

      Murojaatnomadagi o‘tgan yillar sarhisobi bu shunchaki raqamlar emas, balki mamlakatimizning izchil rivojlanib borayotganligi va xalqimiz hayotidagi ulkan ijobiy o‘zgarishlarning dalillaridir.

    Darhaqiqat, jahon hamjamiyati Yangi O‘zbekistonni tinchliksevar va taraqqiyparvar davlat sifatida tobora kuchli e’tirof etmoqda hamda “Inson qadri” uchun tamoyili jamiyatimizda qat’iy qaror topmoqda.

    Davlatimiz rahbari tomonidan 2026-yilning “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili" mahalla va jamiyatning barcha sohalarida yangi taraqqiyoti davri boshlanganligidan dalolat beradi.

     Biz xalq vakillari ham yangi yilda Murojaatnomada belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda ilg‘or saflarda bo‘lishni o‘z burchimiz deb bilamiz. Vatan va xalq taqdiriga daxdorlik tuyg‘usi bilan yashash esa oliy baxtdir.