Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tashabbusi: Mevazor mahallasidagi elektr ta’minoti muammosi hal etildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda tumandagi yoshlar siyosati ijrosini o‘rgandilar.
янв.21
Tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S.Rustamov G‘afur G‘ulom mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi
янв.21
JizzaxTRK kanalida Do’stlik tuman ma’sullari to‘g‘ridan - to‘g‘ri efir tashkil etildi.
янв.21
Deputat_yoshlar_bilan_birga.
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan muhim qadam
янв.21
Deputatlar tashabbuskorlar bilan birga
янв.21
Xalq deputatlari Do‘stlik tumani Kengashining o'n to'rtinchi sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati va deputatlar Do'stlik tumanida
янв.21
Manas mahallasida yoshlar faoliyati
CHINOZ TUMANI.Tashabbus va g‘oyalar – Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lida

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining “Eng faol deputati” ko‘rik-tanlovining Toshkent viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tanlovda Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Alimjon Adilbekov faol ishtirok etdi.

Tanlov jarayonida deputatlarning hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi muammolarini hal etish, tashabbus va g‘oyalarni ilgari surish borasidagi faoliyati baholandi. Natijalarga ko‘ra, Alimjon Adilbekov “Eng tashabbuskor deputat” e’tirofiga sazovor bo‘lib, tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

Mazkur e’tirof deputatning saylovchilar bilan samarali muloqoti, joylarda olib borayotgan amaliy ishlari hamda Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga qo‘shayotgan munosib hissasining yorqin ifodasidir.