Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Barkamol avlod – yurt kelajagi: Deputat sport ob’ektlari holatini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat tashabbusi: Mevazor mahallasidagi elektr ta’minoti muammosi hal etildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda tumandagi yoshlar siyosati ijrosini o‘rgandilar.
янв.21
Tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S.Rustamov G‘afur G‘ulom mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi
янв.21
JizzaxTRK kanalida Do’stlik tuman ma’sullari to‘g‘ridan - to‘g‘ri efir tashkil etildi.
янв.21
Deputat_yoshlar_bilan_birga.
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan muhim qadam
янв.21
Deputatlar tashabbuskorlar bilan birga
янв.21
Xalq deputatlari Do‘stlik tumani Kengashining o'n to'rtinchi sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati va deputatlar Do'stlik tumanida
47-maktabda aniqlangan kamchiliklar muhokama qilindi

Toyloq tumanidagi 47-umumta’lim maktabida moddiy-texnik baza holati, obodonlashtirish ishlari hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan va oxirigacha yetkazilmagan ishlar o‘rganildi. 

Xususan, sinfxonalardagi holatlar, obodonlashtirish ishlarining sustligi, shuningdek, isitish tizimining holati jiddiy tanqid ostiga olindi. Mazkur kamchiliklar ta’lim jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatishi qayd etildi.

O‘rganish davomida Toyloq tumani hokimi tuman Kengashi rayisi Behzod Raxmatullayev hamda tuman hokimi o‘rinbosari To‘lqin Gulmuradov mas’ul rahbarlarga aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi. Shuningdek, maktabda o‘quvchilar uchun qulay, tartibli va xavfsiz ta’lim muhitini yaratish zarurligi alohida ta’kidlandi.

Mazkur masalalar ijrosi doimiy nazoratga olinishi bildirildi.

Slide 1 of 4