Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Barkamol avlod – yurt kelajagi: Deputat sport ob’ektlari holatini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat tashabbusi: Mevazor mahallasidagi elektr ta’minoti muammosi hal etildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda tumandagi yoshlar siyosati ijrosini o‘rgandilar.
янв.21
Tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S.Rustamov G‘afur G‘ulom mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi
янв.21
JizzaxTRK kanalida Do’stlik tuman ma’sullari to‘g‘ridan - to‘g‘ri efir tashkil etildi.
янв.21
Deputat_yoshlar_bilan_birga.
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan muhim qadam
янв.21
Deputatlar tashabbuskorlar bilan birga
янв.21
Xalq deputatlari Do‘stlik tumani Kengashining o'n to'rtinchi sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati va deputatlar Do'stlik tumanida
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

#Facebook
#Shahri sabz_shahar


Kun tartibidagi
masalalar yuzasidan ma’ruzalar tinglandi
 

1. Kuz-qish
mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha elektr ta’minoti holati
 

Shahrisabz shahar elektr
ta’minoti bo‘limi boshlig‘i O.Boqiyev 2025–2026-yillar
kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar
yuzasidan axborot berdi. Hisobotda tarmoqlarni modernizatsiya qilish,
avariyaviy holatlarning oldini olish va iste’molchilarni uzluksiz elektr bilan
ta’minlash bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar yoritildi. 

2. Muqobil
energiya manbalarini joriy etish ishlari
 

“Energosavdo” filiali
Shahrisabz bo‘limi boshlig‘i Sh.Xudoyqulov shahar bo‘yicha
quyosh panellari o‘rnatish, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy qilish,
iste’molchilar o‘rtasida energiya samaradorligi targ‘iboti borasida amalga
oshirilgan ishlarga to‘xtaldi. 

3. Yo‘l
harakati xavfsizligi holati
 

Shahar IIB YHX bo‘limi
boshlig‘i D.Toshpo‘lotov 2025-yilda yo‘l-transport
hodisalarining oldini olish, yo‘llarda xavfsizlikni ta'minlash, profilaktik
tadbirlar va o‘rnatilgan yangi svetofor, belgi hamda kameralar bo‘yicha
ma’lumot berdi. 

4. Uy-joy
kommunal xizmatlari tayyorgarligi
 

Shahrisabz shahar Uy-joy
kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i U.Umirzoqov
kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, issiqlik ta’minoti, ichimlik suvi tarmoqlari
va ko‘p qavatli turar-joylar holati bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar
haqida axborot berdi. 

5. Ijtimoiy
himoya tizimidagi ishlar
 

Ijtimoiy himoya milliy
agentligi shahar bo‘limi rahbari N.Daminov 2025-yilda ijtimoiy
yordam, nafaqalar, “Temir daftar” bilan ishlash, ehtiyojmand oilalarni
qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlarni taqdim etdi. 

6. Aholi
bandligi va kambag‘allikni qisqartirish choralari
 

Shahrisabz shahar
kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i Sh.Raxmonov
PQ-12-sonli qaror ijrosi doirasida 2025-yilda yaratilgan ish o‘rinlari, kasbga
o‘qitish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikdan chiqarish
mexanizmlari bo‘yicha hisobot berdi. 

7. Shahrisabz
shahrining 2026-yilgi mahalliy budjeti
 

Shahar moliya bo‘limi
boshlig‘i S.Eshboboyev 2026-yil mahalliy budjeti loyihasi,
daromad va xarajatlar tarkibi, investitsiya va ijtimoiy sohalarga
yo‘naltiriladigan mablag‘lar bo‘yicha taqdimot qildi. 

8–9. Hududni
rivojlantirish bo‘yicha Prezident qarorlari ijrosi
 

Shahar hokimining birinchi
o‘rinbosari A.Uzoqov PQ-389 va PQ-44-sonli qarorlar ijrosi
bo‘yicha Shahrisabz shahrida olib borilgan bunyodkorlik, infratuzilma,
tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy sohani rivojlantirish bo‘yicha
amalga oshirilgan ishlarni bayon qildi.    

Sessiya yakuni  

Sessiya davomida deputatlar tomonidan tegishli qarorlar qabul qilindi,
mas’ul tashkilotlar faoliyati bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi. 

Shahrisabz shahar Kengashi Matbuot xizmati  

 

 

Slide 1 of 15