Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Barkamol avlod – yurt kelajagi: Deputat sport ob’ektlari holatini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat tashabbusi: Mevazor mahallasidagi elektr ta’minoti muammosi hal etildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda tumandagi yoshlar siyosati ijrosini o‘rgandilar.
янв.21
Tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S.Rustamov G‘afur G‘ulom mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi
янв.21
JizzaxTRK kanalida Do’stlik tuman ma’sullari to‘g‘ridan - to‘g‘ri efir tashkil etildi.
янв.21
Deputat_yoshlar_bilan_birga.
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan muhim qadam
янв.21
Deputatlar tashabbuskorlar bilan birga
янв.21
Xalq deputatlari Do‘stlik tumani Kengashining o'n to'rtinchi sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati va deputatlar Do'stlik tumanida
Prezidentimiz Oqdaryo tumanidagi Dahbed shaharchasida joylashgan Mahdumi A’zam majmuasida amalga oshirilayotgan rekonstruksiya ishlari bilan tanishdi.

Prezidentimiz Oqdaryo tumanidagi Dahbed shaharchasida joylashgan Mahdumi A’zam majmuasida amalga oshirilayotgan rekonstruksiya ishlari bilan tanishdi. Prezidentimiz Oqdaryo tumani Dahbed shaharchasida joylashgan Mahdumi A’zam majmuasida amalga oshirilayotgan rekonstruksiya ishlari bilan tanishdi.

Davlatimiz rahbari shu yilning mart oyida Samarqand viloyatiga tashrifi chog‘ida Mahdumi A’zam qadamjosini obod qilishga oid loyiha bilan tanishgan edi.

Asli hozirgi Kosonsoy tumanida tug‘ilgan so‘fiy olim naqshbandiya ta’limotining rahnamolaridan biri bo‘lgan. Yoshlik chog‘larida Farg‘onadagi madrasada savod chiqarib, Samarqandda Xoja Ahror Valiyning shogirdi mavlono Muhammad Qoziy qo‘lida pirlik darajasiga yetishadi. Keyinchalik o‘zi tariqat ilmiga doir 30 dan ziyod asar yozgan, ko‘plab shogirdlar yetishtirgan.

Bu zotga ilm yo‘lidagi xizmatlari uchun Mahdumi A’zam unvoni beriladi. Ilm va din yo‘lidagi uzoq safardan so‘ng Samarqand viloyatida abadiy qo‘nim topgan.

Samarqand hukmdori bo‘lgan Yalangto‘sh Bahodir Mahdumi A’zam qabri ustida daxma qurdirgan hamda bu yerda yirik masjid, ilm toliblari uchun madrasa ham barpo qilgan. U vafot etganidan so‘ng o‘z vasiyatiga ko‘ra, shu yerda dafn etilgan. Umuman, ziyoratgohda 50 dan ziyod qabrtosh saqlangan bo‘lib, aksariyati kimning sharafiga qo‘yilgani aniqlangan. Bu yerda ko‘plab allomalar qatorida ikki nafar Afg‘oniston hukmdori (Shoh Hidoyat ibn Shoh Qosim (1668-yil), Shoh Saodat ibn Shoh Hidoyat) ham dafn etilgan.

Alloma mangu qo‘nim topgan ziyoratgohda loyiha doirasida keng ko‘lamli rekonstruksiya ishlari amalga oshirilmoqda.

Mahdumi A’zam ziyoratgohining umumiy maydoni qariyb 5 gektarni tashkil etadi. Bu maskanga keluvchi ziyoratchilar ham ko‘p. Ularga sharoitlarni yaxshilash maqsadida Mahdumi A’zam maqbarasi yonida uch qavatli zamonaviy avtoturargoh, kirish darvozasi, kushxona va ma’muriy binolar, tahoratxona, ming kishilik masjid va qo‘shimcha ayvonlar qurilmoqda.

Ta’mirlash ishlaridan so‘ng bir vaqtning o‘zida 35 ming ziyoratchini qabul qilish imkoniyati yaratiladi. Avvallari 5 ming ziyoratchi qabul qilingan.

Shuningdek, hududda ziyoratchilarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida obodonlashtirish ishlari olib borilib, 40 dan ortiq savdo va servis obyektlari tashkil etiladi.

Allomaning ruhlari yodga olinib, Qur’on tilovati qilindi. Prezident ziyoratgohda daraxt ekdi.

Ziyoratgohni yanada obodonlashtirish, bog‘da asrlarga tatigulik daraxtlar barpo etib, tashrif buyuruvchilar uchun qulayliklar yaratish yuzasidan topshiriqlar berildi. 

Slide 1 of 7