Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Do'stlik tumanida yoshlar siyosati sohasi oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Do'stlik tuman Kengashining navbatdagi 13-sessiyasi bo'lib o'tdi.
янв.21
“Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yili doirasida tuman hokimining 2025 yil yakunlari va 2026 yilga moʻljallangan ustivor vazifalar, aholi farovonligini oshirish hamda hududlarni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va xavfsiz muhitni ta'minlash
янв.21
Do‘stlik tumanida korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat yuritayotgan xodimlar o‘rtasida tuman hokimi kubogi uchun sportning minifutbol turi hamda ayollar o‘rtasida voleybol bo‘yicha Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i kuboklari uchun musobaqalarga tantanali ravishda start berildi.
янв.21
Xalq deputatlari Do‘stlik tuman Kengashi deputatlari ishtirokida “O‘zbekiston–2030” strategiyasini takomillashtirishning mazmun-mohiyati hamda uning amaliy ahamiyatiga bag‘ishlangan tushuntirish va muhokamalar bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Doʻstlik tumanida paxta dalasidagi hashar ishtirok etayotgan terimchilarning xizmatlari munosib qadrlandi.
янв.21
Doʼstlik koʼchasi – zamonaviy va qulay shahar sari qadam
янв.21
“Tinchlik va taraqqiyot — avvalo, iqtisodiy hamkorlik bilan o‘lchanadi”
янв.21
O‘zbekiston yoshlari – yangi tarix yaratadigan oltin avlod, bugungi yoshlar Uchinchi Renesans bunyodkorlari!
янв.21
Xalq deputatlari Do’stlik tuman Kengashi deputati Saotxon Jalolovna Manas MFYda saylovchilar orasida
Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan 11-oktabr — “Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan “Dunyoni tinchlik va ezgulikka ilhomlantiramiz!” shiori ostida o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar haftaligi doirasida tumandagi 1- va 2-son politexnikumlarida o‘quvchi qizlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

 Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan
11-oktabr — “Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan “Dunyoni tinchlik va
ezgulikka ilhomlantiramiz!” shiori ostida o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy
tadbirlar haftaligi doirasida tumandagi 1- va 2-son politexnikumlarida o‘quvchi
qizlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
 

  

☺️Tadbirda “Erta turmush, erta tug‘ruqqa
qarshimiz!” hamda “Qizlar kelajakni tanlaydi!” mavzularida suhbatlar olib
borildi.
 

  

☺️Unda Oila va xotin-qizlar bo‘limi bosh
mutaxassisi D. Shopo‘latova, Xalq
deputatlari Uchquduq tuman Kengashi deupati M.
Kamolova, Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i J. Bulekbayeva, tuman
tibbiyot birlashmasi shifokori P. Astanaqulova, “Inson” ijtimoiy xizmatlar
markazi psixologi M. Haydarova ishtirok etishdi.
 

  

☺️Suhbat davomida o‘quvchi qizlarga erta
turmush va erta tug‘ruqning salbiy oqibatlari, sog‘lom turmush tarzi, to‘g‘ri
qaror qabul qilish hamda kelajakni ongli ravishda tanlashning ahamiyati haqida
batafsil tushuntirishlar berildi.
 

  

☺️Tadbirda yoshlarni hayotga mas’uliyat
bilan yondashishga, o‘z huquq va burchlarini to‘g‘ri anglashga, shuningdek,
erta turmush va erta tug‘ruq holatlarining oldini olish masalalari muhokama
qilindi.
  

Slide 1 of 1