Toyloq tumani 2-sektor hududidagi Qo'rg'oncha mahallasidagi Madaniyat bo'limida "YANGI HAYOT UCHUN, YANGI O‘ZBEKISTON UCHUN! " shiori ostida "Mahallada duv-duv gap" ma'naviy-ma'rifiy targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman Kengashi deputati M. Yo'ldosheva, mahalla beshlik a'zolari, maktab direktorlari, nuroniylar, mahalla faollari ishtirok etib Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohatlar, yoshlarga yaratib berilayotgan sharoyit va imtiyozlar to‘g‘risida so‘z yuritib o‘tdilar.