Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Madad” NTT va Xalq deputatlari Do‘stlik tuman Kengashi o‘zaro hamkorligi: hudud rivoji va jamoatchilik nazoratining muhim omili
янв.21
Do'stlik tumanida yoshlar siyosati sohasi oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Do'stlik tuman Kengashining navbatdagi 13-sessiyasi bo'lib o'tdi.
янв.21
“Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yili doirasida tuman hokimining 2025 yil yakunlari va 2026 yilga moʻljallangan ustivor vazifalar, aholi farovonligini oshirish hamda hududlarni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va xavfsiz muhitni ta'minlash
янв.21
Do‘stlik tumanida korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat yuritayotgan xodimlar o‘rtasida tuman hokimi kubogi uchun sportning minifutbol turi hamda ayollar o‘rtasida voleybol bo‘yicha Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i kuboklari uchun musobaqalarga tantanali ravishda start berildi.
янв.21
Xalq deputatlari Do‘stlik tuman Kengashi deputatlari ishtirokida “O‘zbekiston–2030” strategiyasini takomillashtirishning mazmun-mohiyati hamda uning amaliy ahamiyatiga bag‘ishlangan tushuntirish va muhokamalar bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Doʻstlik tumanida paxta dalasidagi hashar ishtirok etayotgan terimchilarning xizmatlari munosib qadrlandi.
янв.21
Doʼstlik koʼchasi – zamonaviy va qulay shahar sari qadam
янв.21
“Tinchlik va taraqqiyot — avvalo, iqtisodiy hamkorlik bilan o‘lchanadi”
янв.21
O‘zbekiston yoshlari – yangi tarix yaratadigan oltin avlod, bugungi yoshlar Uchinchi Renesans bunyodkorlari!
"Milliy tiklanish" demokratik partiyasining Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashida Toshkent shahar mas'ullarining axboroti eshitildi

Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamda Toshkent shahar transport boshqarmasining axboroti eshitildi

"Milliy tiklanish" demokratik partiyasining Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashida poytaxt Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamda Transport boshqarmasining 2025-yilning I yarmida bajarilgan ishlar yuzasidan axboroti eshitildi. Unda deputatlar ta’lim tizimi islohotlari bo‘yicha belgilangan maqsadlarning Toshkent shahridagi ijrosi hamda amalga oshirilgan ishlarning natijasi hamda yo‘l haqi to‘lovida shaffoflik va tushumlar to‘liqligini ta’minlash, haydovchining moliyaviy bog‘liqligini kamaytirish va xavfsizlikni oshirish borasida mas'ullar bilan fikr-mulohazalar almashdilar. Muammo va kamchiliklar tahlil qilinib, hal etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

Ma'lum qilinishicha, mazkur davr mobaynida Toshkent shahri bo‘yicha maktabgacha ta’lim tashkilotlariga 165 932 nafar bola qamrab olingan. Bu Toshkent shahar bo‘yicha maktabgacha ta’lim yoshidagi 209 922 nafar bolaning 79 foizini tashkil etgan. Xususan, 324 ta maktablarda yangi baholash tizimi joriy etilgan, 105 ta maktabning 10-sinf o‘quvchilari uchun 4 ta yo‘nalishda tanlov fanlari belgilanib, o‘quvchilarga chuqurlashtirilgan holda bilim berish boshlangan.

Shuningdek, 5 454 ta (Paynet 4 804, Oson 250 va Multipay 400 dona) infokiosklarda naqd pulga (3000 so‘m) QR chiptalari xarid qilish imkoniyatlari yaratilgan. Transport kartalariga bo‘lgan talabni qondirish maqsadida esa joriy yilda qo‘shimcha 270 ming dona transport (ATTO) kartalari tarqatilgan. 2025-yil yanvar-iyun oylarida jami 205,5 mln nafar yo‘lovchi tashilgan. 

Slide 1 of 7