Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Do‘stlik tumanida korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat yuritayotgan xodimlar o‘rtasida tuman hokimi kubogi uchun sportning minifutbol turi hamda ayollar o‘rtasida voleybol bo‘yicha Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i kuboklari uchun musobaqalarga tantanali ravishda start berildi.
янв.21
Xalq deputatlari Do‘stlik tuman Kengashi deputatlari ishtirokida “O‘zbekiston–2030” strategiyasini takomillashtirishning mazmun-mohiyati hamda uning amaliy ahamiyatiga bag‘ishlangan tushuntirish va muhokamalar bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Doʻstlik tumanida paxta dalasidagi hashar ishtirok etayotgan terimchilarning xizmatlari munosib qadrlandi.
янв.21
Doʼstlik koʼchasi – zamonaviy va qulay shahar sari qadam
янв.21
“Tinchlik va taraqqiyot — avvalo, iqtisodiy hamkorlik bilan o‘lchanadi”
янв.21
O‘zbekiston yoshlari – yangi tarix yaratadigan oltin avlod, bugungi yoshlar Uchinchi Renesans bunyodkorlari!
янв.21
Xalq deputatlari Do’stlik tuman Kengashi deputati Saotxon Jalolovna Manas MFYda saylovchilar orasida
янв.21
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, Oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar yuzasidan ishlab chiqilgan “yoʻl xaritalari”da Doʻstlik tumani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarni Deputatlar tomonidan manzilli oʻrganish hamda samarali nazoratni amalga oshirish yuzasidan
янв.21
Doʼstlik tumani bolalari "Koinot" oromgohida
янв.21
Do'stlik tumanida deputatlar tomoidan nogironligi bo‘lgan shaxslarning mustaqil hayot kechirishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish
Munosabat

 #munosabat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Mo‘g‘ulistonga amalga oshirgan davlat tashrifi nafaqat tarixiy ahamiyatga, balki amaliy jihatdan ham yuqori samaradorlikka ega bo‘ldi. 

  

Davlatimiz rahbarining ochiq, pragmatik va xalq manfaatlariga xizmat qiluvchi tashqi siyosati tufayli O‘zbekiston bugun xalqaro maydonda tobora faol, ishonchli va barqaror hamkor sifatida e’tirof etilmoqda. 

  

Mo‘g‘uliston bilan oliy darajadagi uchrashuvlar, o‘zaro ishonchga asoslangan muloqot va strategik yo‘nalishdagi kelishuvlar ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarda yangi bosqichni boshlab berdi. Tashrif
chog‘ida savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, energetika, madaniy-gumanitar sohalarda erishilgan kelishuvlar yaqin istiqbolda sezilarli natijalarni beradi.
 

  

Bu tashrifning yana bir muhim jihati – Markaziy Osiyo va Osiyo-Tinch okeani mintaqalari o‘rtasidagi integratsiya jarayonlariga ijobiy turtki berishidir. 

  

Prezidentimiz tashqi siyosatda olib borayotgan har bir tashabbus ichki barqarorlik, xalq farovonligi va milliy manfaatlarga xizmat qilmoqda. Bu esa, biz – xalq vakillari uchun ham alohida faxr va mas’uliyatdir. 

  

Xalq deputatlari Muborak tumani Kengashi deputati Safarov Shokir Saidmurodovich