Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Do‘stlik tumanida korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat yuritayotgan xodimlar o‘rtasida tuman hokimi kubogi uchun sportning minifutbol turi hamda ayollar o‘rtasida voleybol bo‘yicha Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i kuboklari uchun musobaqalarga tantanali ravishda start berildi.
янв.21
Xalq deputatlari Do‘stlik tuman Kengashi deputatlari ishtirokida “O‘zbekiston–2030” strategiyasini takomillashtirishning mazmun-mohiyati hamda uning amaliy ahamiyatiga bag‘ishlangan tushuntirish va muhokamalar bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Doʻstlik tumanida paxta dalasidagi hashar ishtirok etayotgan terimchilarning xizmatlari munosib qadrlandi.
янв.21
Doʼstlik koʼchasi – zamonaviy va qulay shahar sari qadam
янв.21
“Tinchlik va taraqqiyot — avvalo, iqtisodiy hamkorlik bilan o‘lchanadi”
янв.21
O‘zbekiston yoshlari – yangi tarix yaratadigan oltin avlod, bugungi yoshlar Uchinchi Renesans bunyodkorlari!
янв.21
Xalq deputatlari Do’stlik tuman Kengashi deputati Saotxon Jalolovna Manas MFYda saylovchilar orasida
янв.21
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, Oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar yuzasidan ishlab chiqilgan “yoʻl xaritalari”da Doʻstlik tumani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarni Deputatlar tomonidan manzilli oʻrganish hamda samarali nazoratni amalga oshirish yuzasidan
янв.21
Doʼstlik tumani bolalari "Koinot" oromgohida
янв.21
Do'stlik tumanida deputatlar tomoidan nogironligi bo‘lgan shaxslarning mustaqil hayot kechirishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish
#Deputat munosabati.

Deputat munosabati.

Aholi muammolari bilan ishlashda yangi tizimga o‘tish 
 Joriy yilning 16-iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi, hududlarda ishlarning borishi, aholini o‘ylantirayotgan masalalarga yechim topish yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida juda ko‘p sohalarda kechayotgan islohotlar samarasi ko‘zga tashlanmayotgani keskin tanqid qilindi. Dunyoda turli mojarolar avj olayotgan bir vaziyatda tinchlikni qadriga yetish, inson qadrini ulug‘lashga bo‘lgan ehtiyoj oshib bormoqda.Shu tufayli ham barcha darajadagi rahbarlar har qanday sharoitda ham aholi bilan muloqotni yanada yaxshilab, ular o‘rtaga qo‘yayotgan muammolarni tez hal etib borishlari ko‘rsatib o‘tildi. Eng achinarli tomoni shundaki, tuman, shahar va viloyat miqyosida hal etilishi lozim bo‘lgan har qanday masala davlat tashkilotlari tomonidan e’tiborsizlik qilib kelinayotgani kechirib bo‘lmas holat ekanligi tanqid qilindi. Qolaversa, shahar, tuman va viloyatlardagi ayrim tashkilotlar aholi murojaatlarini ijobiy tomonga hal etish o‘rniga o‘zini “nazorat”chi deb bilib, aholining og‘irini yengil qilishga panja orasidan qarab kelmoqda. Vazirlar, mas’ul idoralar tartib intizomga qattiq e’tibor bermagani uchun mamlakatimizda barcha sohada kechayotgan islohotlar ijrosi cho‘zilib ketyapti. Ayniqsa, keyingi paytlarda sud qarorlari vaqtida bajarilmayotgani yuzasidan ham aholi tomonidan ko‘plab murojaatlar bo‘layotgani aytib o‘tildi.Endi yurtimizda ijro intizomini mustahkamlash,odamlar muammolari bilan ishlash bo‘yicha yangi tizim yo‘lga qo‘yilishi belgilandi. 

Prezidentimiz barcha hududlarda bandlikni ta’minlash, kambag‘allikni keskin qisqartirish, investisiya va eksport hamda muhitni yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratdilar. Tadbirkorlikni rivojlantirib, yangi ish o‘rinlari yaratishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash zarurligi e’tirof etildi. 

Yerdan unumli foydalanish, mahallalarga suv olib borib meva sabzavot yetishtirishni keskin oshirish, chorvachilikni rivojlantirib go‘sht va sut mahsulotlarini ko‘paytirish,oziq-ovqat inflyasiyasini jilovlash sira kechiktirib bo‘lmaydigan vazifa ekanligi tushuntirildi. Yig‘ilishda aholi farovonligini ta’minlashga doir boshqa bir qator masalalar ham davlatimiz rahbari e’tiboridan chetda qolmadi. 

Biz deputatlar Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan barcha vazifalarni bajarilishida o‘z hissamizni qo‘shamiz.

Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi deputati Jura Axmedqulov