Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Do‘stlik tuman Kengashi deputatlari ishtirokida “O‘zbekiston–2030” strategiyasini takomillashtirishning mazmun-mohiyati hamda uning amaliy ahamiyatiga bag‘ishlangan tushuntirish va muhokamalar bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Doʻstlik tumanida paxta dalasidagi hashar ishtirok etayotgan terimchilarning xizmatlari munosib qadrlandi.
янв.21
Doʼstlik koʼchasi – zamonaviy va qulay shahar sari qadam
янв.21
“Tinchlik va taraqqiyot — avvalo, iqtisodiy hamkorlik bilan o‘lchanadi”
янв.21
O‘zbekiston yoshlari – yangi tarix yaratadigan oltin avlod, bugungi yoshlar Uchinchi Renesans bunyodkorlari!
янв.21
Xalq deputatlari Do’stlik tuman Kengashi deputati Saotxon Jalolovna Manas MFYda saylovchilar orasida
янв.21
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, Oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar yuzasidan ishlab chiqilgan “yoʻl xaritalari”da Doʻstlik tumani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarni Deputatlar tomonidan manzilli oʻrganish hamda samarali nazoratni amalga oshirish yuzasidan
янв.21
Doʼstlik tumani bolalari "Koinot" oromgohida
янв.21
Do'stlik tumanida deputatlar tomoidan nogironligi bo‘lgan shaxslarning mustaqil hayot kechirishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish
янв.21
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Slovakiya Respublikasi Bosh vaziri Robert Fitsoning muzokaralari yuzasidan Munosabat
🎓 Inklyuziv ta’lim – e’tibor va imkoniyatlar maktabi

🏫 Mazkur maktabda eshitish, til, ko‘rish va tayanch-harakat tizimi nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilar sog‘lom tengdoshlari bilan bir qatorda, umumta’limning tayanch o‘quv rejasi asosida tahsil olishmoqda. Ularning har biriga alohida yondashuv talab qilinadigan bu ta’lim shakli orqali farzandlar jamiyatda o‘z o‘rnini topishi, ijtimoiylashuvi va bilim olishi ta'minlanmoqda.

👩‍🏫 Ta'lim jarayonida maxsus pedagoglar doimiy ravishda ular bilan birga bo‘lib, dars davomida bevosita ko‘maklashmoqda. Bu orqali nogironligi bo‘lgan bolalarning bilim olishdagi imkoniyatlari kengaytirilmoqda, orqada qolib ketishining oldi olinmoqda.

📊 Hozirda ushbu maktabda 3 nafar o‘quvchi inklyuziv ta’limda tahsil olmoqda. Ular uchun maxsus moslashtirilgan jihozlar, qulay sinf xonalari va psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash xizmatlari mavjud.

✅ Tuman hokimi F. Ruziyev ushbu sharoitlarni yuqori baholab, inklyuziv ta’lim sohasidagi sa’y-harakatlar izchil davom ettirilishi, har bir bola – e’tiborda tamoyili asosida ishlash zarurligini ta’kidladi.

🌱 Ta’limda teng imkoniyatlar yaratish – sog‘lom jamiyat, kuchli inson kapitali va mehrli muhit poydevoridir. 

Slide 1 of 4