Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tashabbusi: Mevazor mahallasidagi elektr ta’minoti muammosi hal etildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda tumandagi yoshlar siyosati ijrosini o‘rgandilar.
янв.21
Tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S.Rustamov G‘afur G‘ulom mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi
янв.21
JizzaxTRK kanalida Do’stlik tuman ma’sullari to‘g‘ridan - to‘g‘ri efir tashkil etildi.
янв.21
Deputat_yoshlar_bilan_birga.
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan muhim qadam
янв.21
Deputatlar tashabbuskorlar bilan birga
янв.21
Xalq deputatlari Do‘stlik tumani Kengashining o'n to'rtinchi sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati va deputatlar Do'stlik tumanida
янв.21
Manas mahallasida yoshlar faoliyati
#munosabat

“Yashil” iqtisodiyot modeli

Bu tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik barqarorlikni ta’minlash va iqtisodiy o‘sishni birgalikda amalga oshirishga qaratilgan iqtisodiy tizimdir.

Yashil iqtisodiyot – bu nafaqat iqtisodiy taraqqiyot, balki inson va tabiat o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlashga qaratilgan innovatsion modeldir. U har bir mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishi uchun zarur yo‘nalish hisoblanadi.

Yashil iqtisodiyot modeli tabiatni va inson salomatligini himoya qilish, kelajak avlod uchun resurslarni saqlab qolish, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, qayta tiklanadigan energiya manbalariga o‘tish, resurslarni samarali boshqarish va chiqindilarni kamaytirish orqali iqlim o‘zgarishiga qarshi samarali kurashishning muhim vositasi hisoblanadi.

Iqlim o‘zgarishining oldini olish va barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun yashil iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash har bir davlat va jamiyat uchun zarurdir.

Yashil iqtisodiyot bo‘yicha hozirgi kunda dunyo bo‘ylab iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashishda, iqtisodiy o‘sishni barqaror tarzda ta’minlashda va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Iqlim o‘zgarishi, asosan, atmosferadagi issiqxona gazlarining ortishi bilan bog‘liq bo‘lib, uning salbiy ta’siri barcha yer yuzidagi tirik organizmlarga, shu jumladan, insonlarga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda.

Yashil iqtisodiyot modeli iqlim o‘zgarishi bilan kurashishda muhim rol o‘ynaydi. Bu iqtisodiy model iqlimni himoya qilish, resurslarni samarali boshqarish va ekologik barqarorlikni ta’minlash orqali iqlim o‘zgarishining salbiy ta’sirlarini kamaytirishga yordam beradi. Yashil iqtisodiyotga o‘tish nafaqat atrof-muhitni himoya qilish, balki ijtimoiy va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash uchun ham zarurdir.

Xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashi deputati S.Shamshiyev

Slide 1 of 1