Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tashabbusi: Mevazor mahallasidagi elektr ta’minoti muammosi hal etildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda tumandagi yoshlar siyosati ijrosini o‘rgandilar.
янв.21
Tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S.Rustamov G‘afur G‘ulom mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi
янв.21
JizzaxTRK kanalida Do’stlik tuman ma’sullari to‘g‘ridan - to‘g‘ri efir tashkil etildi.
янв.21
Deputat_yoshlar_bilan_birga.
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan muhim qadam
янв.21
Deputatlar tashabbuskorlar bilan birga
янв.21
Xalq deputatlari Do‘stlik tumani Kengashining o'n to'rtinchi sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati va deputatlar Do'stlik tumanida
янв.21
Manas mahallasida yoshlar faoliyati
Yangi O‘zbekistondagi islohotlar samarasi xalqaro reytinglarda ham o‘zining munosib aksini topmoqda. “Iqtisodiy erkinlik indeksi”dagi o‘rnimiz so‘nggi besh yilda 48 pog‘onaga yuqori ko‘tarildi.

Yangi O‘zbekistondagi islohotlar samarasi xalqaro reytinglarda ham o‘zining munosib aksini topmoqda. “Iqtisodiy erkinlik indeksi”dagi o‘rnimiz so‘nggi besh yilda 48 pog‘onaga yuqori ko‘tarildi.

Garvardning “Iqtisodiyot murakkabligi indeksi”dagi o‘rnimiz 28 pog‘onaga yaxshilandi. O‘tgan oyda nufuzli “S&P” agentligi O‘zbekistonning suveren reytingi prognozini “barqaror”dan “ijobiy”ga oshirdi.

O‘zbekiston 184 ta mamlakat orasida 58 ball bilan 100-o‘rinni egallagan. Mamlakat reytingi 2024 yilga nisbatan 2,1 ballga yaxshilanib, 3 pog‘onaga yuqorilagan.

O‘zbekiston Jahon bankining “Statistika faoliyati samaradorligi indeksi”da 80,3 ball to‘plab, 62-o‘rinni (+17), “Raqobatbardosh sanoat unumdorligi indeksi”da esa 153 mamlakat ichida 88-o‘rinni (+1), “Barqaror rivojlanish maqsadlari” indeksida 69,2 ball bilan 81-o‘rinni (-12) egallagan.

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining “Mamlakatlarga xos xatarlarni tasniflash tizimi”dagi O‘zbekistonning o‘rni (5-guruh) o‘zgarmagan.

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro kredit reytingi ham o‘zgarmay qolgan bo‘lsa-da, prognoz ijobiylashdi. 2025 yil may oyida S&P xalqaro reyting agentligi O‘zbekistonning suveren kredit reytingini “BB-“ darajasida tasdiqladi va ilk bor kutilmani “barqaror”dan “ijobiy”ga oshirdi.

Yuqorida ko‘rib chiqilgan 15 ta reyting va indekslar 2024 yilda rasman O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor deb e’lon qilingan. 2020-2024 yillarda ustuvor bo‘lgan reyting va indekslar qatorida Demokratiya indeksi (Democracy Index) ham bor edi, u 2024 yilda yangilangan ro‘yxatga qo‘shilmagan. Bu indeksning 2025 yilgi talqinida O‘zbekiston 0,2 ball yo‘qotishiga qaramay, boshqa davlatlarning pastlashi hisobiga 2 pog‘onaga ko‘tarilib, 146-o‘rinni egallagan.

 

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputat A.Abdullajonov

Slide 1 of 1