Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tashabbusi: Mevazor mahallasidagi elektr ta’minoti muammosi hal etildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda tumandagi yoshlar siyosati ijrosini o‘rgandilar.
янв.21
Tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S.Rustamov G‘afur G‘ulom mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi
янв.21
JizzaxTRK kanalida Do’stlik tuman ma’sullari to‘g‘ridan - to‘g‘ri efir tashkil etildi.
янв.21
Deputat_yoshlar_bilan_birga.
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan muhim qadam
янв.21
Deputatlar tashabbuskorlar bilan birga
янв.21
Xalq deputatlari Do‘stlik tumani Kengashining o'n to'rtinchi sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati va deputatlar Do'stlik tumanida
янв.21
Manas mahallasida yoshlar faoliyati
#Munosabat

👉🏻MAHALLIY SANOAT – MAMLAKAT RIVOJINING MUHIM ASOSI.

Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida joriy yilning 26

may kuni mahalliy sanoatni rivojlantirishga qaratilgan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. 


Davlatimiz rahbari so‘zining avvalida bugungi tahlikali

va noaniqliklarga to‘la sharoitda har bir mamlakat, avvalo, eng ko‘p ish o‘rinlari yaratadigan sohalarni himoyalash choralarini ko‘rayotganini ta’kidladi.  


Yig‘ilishda mahalliy sanoatni

qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Bu boradagi holat tuman va shahar tarmoqlar kesimida tahlil qilinib, kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi. 


Shuningdek davlatimiz rahbari muhim tashabbusni ilgari

surdi. O‘zbekistonda Milliy brendlarni qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi tashkil qilinadi.

Unga xorijdan brend-menejer, dizayner, marketologlar jalb etilib, milliy brendlarimizni

jahon bozoriga olib chiqishga ko‘maklashiladi. Xalqaro sertifikati bor, raqobatbardosh

mahsulotlarga sifat belgisi berilib, dunyoda keng targ‘ib etiladi. 


Milliy brendlarni ko‘paytirish,

mavjudlarini xalqaro darajaga olib chiqish bo‘yicha ham yangi tizim joriy qilinishi belgilandi. 


O‘tgan yilning o‘zida mebelsozlik yo‘nalishida 920 ta yangi korxona ish boshladi. Sohada

6 trillion 700 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi. 


Sharof Rashidov, Yangi Namangan, Pastdarg‘om, O‘rtachirchiq,

Quva, Buvayda, Yunusobod va Uchtepada ham Xonqa tajribasi asosida mebelchilik markazlarini ishga tushirish topshirildi. 


Yiliga 1 ming nafar mebel ustalarini zamonaviy ko‘nikmalarga

o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi. 


2024 yilda zargarlikda

ishlab chiqarish 200 million dollardan

oshdi, eksport 17 foizga o‘sib, 92 million

dollarga yetdi. 


Endilikda zargarlar

ham yakka tadbirkor sifatida tilla buyumlari savdosi bilan shug‘ullanishi mumkin

bo‘ladi. 

Slide 1 of 1