Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tashabbusi: Mevazor mahallasidagi elektr ta’minoti muammosi hal etildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda tumandagi yoshlar siyosati ijrosini o‘rgandilar.
янв.21
Tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S.Rustamov G‘afur G‘ulom mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi
янв.21
JizzaxTRK kanalida Do’stlik tuman ma’sullari to‘g‘ridan - to‘g‘ri efir tashkil etildi.
янв.21
Deputat_yoshlar_bilan_birga.
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan muhim qadam
янв.21
Deputatlar tashabbuskorlar bilan birga
янв.21
Xalq deputatlari Do‘stlik tumani Kengashining o'n to'rtinchi sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati va deputatlar Do'stlik tumanida
янв.21
Manas mahallasida yoshlar faoliyati
Deputatlar o'rganishlari davom etmoqda

Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, ayniqsa, tikuvchilik kabi an’anaviy sohalarda yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholini, xususan, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni ish bilan ta’minlash dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Shu maqsadda tuman kengashi deputatlari tumandagi tikuvchilik sexlaridan birida bo‘lib, uning faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. O‘rganish davomida sexning kundalik ishlab chiqarish jarayoni, ishchilar soni, mahsulotlar sifati, ishlab chiqarish quvvatlari va xodimlarga yaratilgan mehnat sharoitlari atroflicha o‘rganildi. Ma’lum bo‘lishicha, sexda 30 ga yaqin ayollar mehnat qilmoqda, ularga qulay mehnat sharoitlari yaratilgan, ish vaqti belgilangan tartibda tashkil etilgan. Ishchilar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifati ham deputatlar tomonidan ijobiy baholandi. Sex rahbari bilan bo‘lgan muloqotda korxona faoliyatining kelgusi rejasi haqida ham ma’lumot berildi. Unga ko‘ra, tikuvchilik sexi egasi kelgusida korxonani kengaytirish, yangi tikuv mashinalarini xarid qilish va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishni rejalashtirgan. Bu esa nafaqat iqtisodiy samaradorlikni oshiradi, balki mahalliy aholi bandligini ta’minlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Alohida e’tiborga molik jihati shundaki, sexda nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan ayollar ham faoliyat yuritmoqda. Bu esa korxonaning nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy mas’uliyatga ham katta e’tibor qaratayotganidan dalolat beradi. Ana shunday tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash orqali jamiyatda ijtimoiy tenglikni ta’minlashga xizmat qiluvchi muhit yaratilmoqda. Deputatlar sex faoliyatini yanada samarali tashkil etish va aholi bandligini oshirish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berishdi. Tuman kengashi tomonidan bunday tashabbuskor tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ular faoliyatini keng jamoatchilikka yetkazish davom ettiriladi.

Slide 1 of 3