Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tashabbusi: Mevazor mahallasidagi elektr ta’minoti muammosi hal etildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda tumandagi yoshlar siyosati ijrosini o‘rgandilar.
янв.21
Tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S.Rustamov G‘afur G‘ulom mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi
янв.21
JizzaxTRK kanalida Do’stlik tuman ma’sullari to‘g‘ridan - to‘g‘ri efir tashkil etildi.
янв.21
Deputat_yoshlar_bilan_birga.
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan muhim qadam
янв.21
Deputatlar tashabbuskorlar bilan birga
янв.21
Xalq deputatlari Do‘stlik tumani Kengashining o'n to'rtinchi sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati va deputatlar Do'stlik tumanida
янв.21
Manas mahallasida yoshlar faoliyati
Deputat munosabati

2025-yil 26-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi mamlakat sanoatini chuqur tahlil qilish, mavjud muammolarni bartaraf etish va istiqbolli yo‘nalishlarni aniqlashga bag‘ishlandi. Yig‘ilishda belgilangan vazifalar nafaqat mahalliy ishlab chiqaruvchilarga, balki butun iqtisodiyotga yangi turtki bo‘lishi kutilmoqda.

Prezident o‘z nutqida bir qator muhim sohalarni rivojlantirish zarurligini ta’kidladi. Xususan, to‘qimachilik, mebelsozlik, qurilish materiallari hamda zargarlik sanoati asosiy ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgilandi.

To‘qimachilik sanoati so‘nggi yillarda jadal rivojlanib, bugungi kunda 7 mingga yaqin tadbirkorni birlashtirib turibdi. 500 dan ortiq turdagi mahsulot ishlab chiqarilmoqda. Kelgusida eksportni oshirish va brend korxonalar bilan hamkorlikni kuchaytirish vazifalari belgilandi.

Qurilish materiallari sanoatida “Shaffof qurilish” platformasini joriy etish orqali mahsulot sifati va ishlab chiqaruvchilarning reytingi nazorat qilinadi. 

Mebelsozlik sanoatida esa 1 millionga yaqin odam faoliyat yuritmoqda. Mahalliy xomashyo asosida ishlab chiqarishni kengaytirish, zamonaviy dizayn va innovatsiyalarni joriy etish bu sohaning asosiy yo‘nalishlariga aylandi.

Mahalliy sanoat – O‘zbekiston iqtisodiy mustaqilligining tayanchi. Prezident tomonidan belgilangan vazifalar va ko‘rilayotgan tizimli chora-tadbirlar sanoatni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi. Har bir tuman va korxonaning o‘zida sanoat salohiyati to‘liq ishga solinsa, bu nafaqat iqtisodiy o‘sishga, balki aholining bandligi va farovonligiga ham katta ta’sir qiladi.