Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tashabbusi: Mevazor mahallasidagi elektr ta’minoti muammosi hal etildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda tumandagi yoshlar siyosati ijrosini o‘rgandilar.
янв.21
Tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S.Rustamov G‘afur G‘ulom mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi
янв.21
JizzaxTRK kanalida Do’stlik tuman ma’sullari to‘g‘ridan - to‘g‘ri efir tashkil etildi.
янв.21
Deputat_yoshlar_bilan_birga.
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan muhim qadam
янв.21
Deputatlar tashabbuskorlar bilan birga
янв.21
Xalq deputatlari Do‘stlik tumani Kengashining o'n to'rtinchi sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati va deputatlar Do'stlik tumanida
янв.21
Manas mahallasida yoshlar faoliyati
Ta’lim sohalaridagi islohotlar farovon hayot kafolati So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimizda keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, ta’lim sohalaridagi o‘zgarishlar yurtimiz taraqqiyotining yangi bosqichga ko‘tarilishiga poydevor bo‘lmoqda.

Ta’lim sohasidagi islohotlar

Bugungi kunda ta’lim sohasi mamlakatning strategik ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Prezidentimiz tomonidan "Yangi O‘zbekiston – yangi ta’lim" g‘oyasi asosida ta’lim tizimini tubdan isloh qilish bo‘yicha bir qator muhim choralar amalga oshirildi. Maktabgacha ta’limdan tortib, oliy ta’limgacha bo‘lgan barcha bosqichlarda sifatli, zamonaviy, raqamlashtirilgan ta’lim tizimi shakllantirilmoqda.

Maktablarda yangi darsliklar, interaktiv metodlar, STEAM ta’limi, elektron kundaliklar va zamonaviy infratuzilmalar joriy etilyapti. Oliy ta’lim muassasalariga kirishda ochiqlik, shaffoflik ta’minlanayotgani, xorijiy universitetlar filiallarining ochilishi, talabalarga yaratilayotgan imkoniyatlar ta’limga bo‘lgan ishonchni yanada oshirmoqda.

Munosabat

Prezidentimiz olib borayotgan bu islohotlar har bir sohada yangilanish, taraqqiyot va islohotlar davrini boshlab berdi. Sanoat va ta’lim sohasidagi o‘zgarishlar bir-biriga chambarchas bog‘liq: sanoat rivojlanishi uchun malakali mutaxassis kerak, ta’lim esa ana shu kadrlarni yetishtiruvchi asosiy maskandir.

Shuning uchun ham bu ikki sohadagi islohotlarga ijobiy munosabat bildiramiz va ularni qo‘llab-quvvatlaymiz. Yurt ravnaqi, xalq farovonligi va kelajak avlodning baxtli hayoti uchun bunday islohotlar davomli bo‘lishi shart. Biz barchamiz birgalikda Prezidentimizning islohotlarini amalga oshirishda faol ishtirok etishimiz zarur.

Qurbonboeva Shoira Raxmatullayevna

Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi deputati.