Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Barkamol avlod – yurt kelajagi: Deputat sport ob’ektlari holatini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat tashabbusi: Mevazor mahallasidagi elektr ta’minoti muammosi hal etildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda tumandagi yoshlar siyosati ijrosini o‘rgandilar.
янв.21
Tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S.Rustamov G‘afur G‘ulom mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi
янв.21
JizzaxTRK kanalida Do’stlik tuman ma’sullari to‘g‘ridan - to‘g‘ri efir tashkil etildi.
янв.21
Deputat_yoshlar_bilan_birga.
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan muhim qadam
янв.21
Deputatlar tashabbuskorlar bilan birga
янв.21
Xalq deputatlari Do‘stlik tumani Kengashining o'n to'rtinchi sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati va deputatlar Do'stlik tumanida
YUKSAK E’TIROF!

YUKSAK E’TIROF!

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Navoiy viloyat kengashi tizimida ko‘p yillar samarali mehnat qilgan, bugungi kungacha Qiziltepa tuman kengashi raisi lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelgan Temirov Fazliddin Ro‘ziyevichning bugungi kunda boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan, partiya faollari, mahalliy kengash deputatlari nomidan minnatdorchilik bildiramiz. 

F.Temirov o‘z faoliyatini yoshlar bilan ishlash tizimidan boshlab, keyingi 20 yil davomida O‘zbekiston XDP Qiziltepa tumani kengashi raisi lavozimida ishlab keldi. Partiyaning dasturiy vazifalarini hayotga tadbiq etishda, deputatlar faoliyatini muvofiqlashtirib, ular bilan tizimli ravishda ishlarni tashkil etishda, partiya  g‘oyalarini targ‘ib etishda F.Temirovning alohida o‘rni va munosib hissasi bor. 

Fazliddin Temirovning keyingi faoliyatiga ulkan rivoj tilagan holda, u kishiga mustahkam sog‘lik, oilasiga tinchlik xotirjamlik tilaymiz. Yurt ravnaqi yo‘lidagi samarali mehnatlariga faqat omad yor bo‘lishini so‘rab qolamiz.

Slide 1 of 7