Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Barkamol avlod – yurt kelajagi: Deputat sport ob’ektlari holatini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat tashabbusi: Mevazor mahallasidagi elektr ta’minoti muammosi hal etildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda tumandagi yoshlar siyosati ijrosini o‘rgandilar.
янв.21
Tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S.Rustamov G‘afur G‘ulom mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi
янв.21
JizzaxTRK kanalida Do’stlik tuman ma’sullari to‘g‘ridan - to‘g‘ri efir tashkil etildi.
янв.21
Deputat_yoshlar_bilan_birga.
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan muhim qadam
янв.21
Deputatlar tashabbuskorlar bilan birga
янв.21
Xalq deputatlari Do‘stlik tumani Kengashining o'n to'rtinchi sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati va deputatlar Do'stlik tumanida
Ta’limga qaratilgan e’tibor!

Prezidentimiz raisligida maktab taʼlimi tizimidagi islohotlar samaradorligini yana-da oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan aniq vazifalar, albatta yaqin kelajakda o‘z mevasini beradi. 

Har qanday jamiyatning ertangi kuni bugungi taʼlim tizimiga bog‘liqdir. Zero, taʼlim bu shunchaki darslik, imtihon va diplomlar majmuasi emas. Bu inson tafakkuri, tarbiyasi va maqsadlarining shakllanish jarayonidir. Taʼlimi kuchli bo‘lgan jamiyatda har bir fuqaroning qadri bo‘ladi. 

Bugungi kunda taʼlim tizimidagi o‘zgarishlar, yangi dasturlar, zamonaviy darsliklar va

texnologiyalar muallimlardan ham yuqori malaka va yangi bilimlarni talab qilmoqda. Yig‘ilishda davlatimiz rahbari masalaning ayni jihatiga alohida eʼtibor qaratib, pedagoglarni tayyorlash va malakasini oshirish tizimini isloh qilish bo‘yicha muhim vazifalarni belgiladi. 

Jumladan, Avloniy malaka oshirish instituti transformatsiya qilinib, uning 13 ta hududiy markazi qayta tashkil etilishi belgilandi. Bu muallimlarning malakasini oshirishga qaratilgan ishlarni hududiy miqyosda tashkil etish imkonini beradi. 

Shuningdek, joriy yilda yangi maktablar qurish uchun Islom taraqqiyot bankidan 200 million dollar jalb qilinishi belgilandi.

Buning evaziga 58 ta maktab qurilib, 72 mingta o‘quvchi o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan. Bunga qo‘shimcha ravishda viloyatlar hokimlariga 2025-yilda xalqaro moliya tashkilotlari bilan ishlash hamda mahalliy tadbirkorlarga sharoit yaratish orqali maktablar qurilishiga 10 million dollardan mablag‘ni jalb qilish bo‘yicha topshiriq berildi. 

O‘z navbatida biz deputatlar yuqorida belgilangan maqsad va vazifalarning samarali amalga oshirilishini nazorat qilish, taʼlim tizimidagi islohotlarning natijadorligini taʼminlashda faol va tashabbuskor bo‘lishimiz zarur. Zotan, sifatli taʼlim porloq kelajak poydevoridir.


Xalq deputatlari Xonqa tumani Kengashi deputati
Abdullayev Timur Shoxnazarovich