Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Barkamol avlod – yurt kelajagi: Deputat sport ob’ektlari holatini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat tashabbusi: Mevazor mahallasidagi elektr ta’minoti muammosi hal etildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda tumandagi yoshlar siyosati ijrosini o‘rgandilar.
янв.21
Tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S.Rustamov G‘afur G‘ulom mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi
янв.21
JizzaxTRK kanalida Do’stlik tuman ma’sullari to‘g‘ridan - to‘g‘ri efir tashkil etildi.
янв.21
Deputat_yoshlar_bilan_birga.
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan muhim qadam
янв.21
Deputatlar tashabbuskorlar bilan birga
янв.21
Xalq deputatlari Do‘stlik tumani Kengashining o'n to'rtinchi sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati va deputatlar Do'stlik tumanida
MUNOSABAT:

O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlash yo‘lida muhim qadam

2025 yil 19–21 may kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vengriyaga amalga oshirgan rasmiy tashrifi mamlakatimizning Yevropa davlatlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga xizmat qiladigan tarixiy voqea sifatida e’tirof etilishi shubhasizdir. Tashrif doirasida siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ta’lim sohalarini qamrab olgan qator muhim kelishuvlar amalga oshirildi.

Prezidentimizning Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan muzokaralari ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qildi. Jumladan, sanoat, qishloq xo‘jaligi, farmasevtika va ta’lim sohalarida qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi. Ayniqsa, ta’lim sohasidagi hamkorlikning chuqurlashayotganini Vengriya hukumati tomonidan o‘zbek talabalariga ajratiladigan stipendiyalar kvotasining kengaytirilishi yaqqol ifodalaydi.

Tashrif doirasida o‘tkazilgan O‘zbekiston–Vengriya biznes forumi ikki mamlakat tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar maydoniga aylandi. Investitsiyalar, texnoparklar, innovatsion texnologiyalar sohalaridagi istiqbolli loyihalar muhokama qilinib, qator amaliy bitimlar imzolandi. Bu esa yurtimiz iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish va xorijiy sarmoyalarni keng jalb etish yo‘lida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Vengriyada bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etishi tashrifning yana bir dolzarb jihati bo‘ldi. Ushbu sammitda mintaqaviy transport yo‘laklari, energetika xavfsizligi, yashil iqtisodiyot va xavfsizlik kabi sohalarda o‘zaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Ayniqsa, Transkaspiy xalqaro transport yo‘lagi doirasidagi hamkorlik O‘zbekistonning geostrategik ahamiyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Prezidentimizning ushbu tashrifi mamlakatimizning Yevropa Ittifoqi davlatlari bilan strategik va o‘zaro manfaatli hamkorligini mustahkamlash, yangi texnologiyalar va sarmoyalarni jalb etish, yoshlarimizga sifatli ta’lim imkoniyatlarini yaratish, shuningdek, xalqaro maydondagi mavqeimizni mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Biz, xalq deputatlari, davlatimiz rahbarining xalqaro miqyosdagi tashabbuslarini Konimex tumani misolida ham har tomonlama qo‘llab-quvvatlab, har bir sohada ulardan kelib chiqadigan vazifalarni izchil amalga oshirishga tayyormiz.

Yuldashev Bakir Xamroyevich,

Xalq deputatlari Jarqo'rg'on tumani Kengashi deputati