Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Madad” NTT va Xalq deputatlari Do‘stlik tuman Kengashi o‘zaro hamkorligi: hudud rivoji va jamoatchilik nazoratining muhim omili
янв.21
Do'stlik tumanida yoshlar siyosati sohasi oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Do'stlik tuman Kengashining navbatdagi 13-sessiyasi bo'lib o'tdi.
янв.21
“Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yili doirasida tuman hokimining 2025 yil yakunlari va 2026 yilga moʻljallangan ustivor vazifalar, aholi farovonligini oshirish hamda hududlarni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va xavfsiz muhitni ta'minlash
янв.21
Do‘stlik tumanida korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat yuritayotgan xodimlar o‘rtasida tuman hokimi kubogi uchun sportning minifutbol turi hamda ayollar o‘rtasida voleybol bo‘yicha Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i kuboklari uchun musobaqalarga tantanali ravishda start berildi.
янв.21
Xalq deputatlari Do‘stlik tuman Kengashi deputatlari ishtirokida “O‘zbekiston–2030” strategiyasini takomillashtirishning mazmun-mohiyati hamda uning amaliy ahamiyatiga bag‘ishlangan tushuntirish va muhokamalar bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Doʻstlik tumanida paxta dalasidagi hashar ishtirok etayotgan terimchilarning xizmatlari munosib qadrlandi.
янв.21
Doʼstlik koʼchasi – zamonaviy va qulay shahar sari qadam
янв.21
“Tinchlik va taraqqiyot — avvalo, iqtisodiy hamkorlik bilan o‘lchanadi”
янв.21
O‘zbekiston yoshlari – yangi tarix yaratadigan oltin avlod, bugungi yoshlar Uchinchi Renesans bunyodkorlari!
MUNOSABAT

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ta’lim tizimida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, umumiy o‘rta ta’lim tizimini zamonaviylashtirish, o‘quvchilarning intellektual va ijtimoiy rivojlanishini ta’minlash, o‘qituvchilarning salohiyatini oshirish borasida sezilarli yutuqlarga erishilmoqda. Joriy yilning 15 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida maktab ta’limi tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.  

Bu yig‘lish ta’lim sohasi fidoylari uchun mazmunli yig‘ilish bo‘lganligini ta’kidlash mumkin. Davlat rahbari nutqida – Dunyoda isbot talab qilmaydigan bir haqiqat bor: har qanday mamlakat taraqqiyoti sog‘lom va bilimli avlodga bog‘liq,– dedi Prezident so‘zining boshida. Shu bois yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida sog‘lom, bilimli, teran fikrli, vatanparvar yoshlarni tarbiyalash uchun barcha sharoitlarni yaratishimiz shart va zarur ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Bu so‘zlar zamirida bugungi davr ta’lim sohasini yangi bosqichga ko‘tarish, yoshlarni intelektual salohiyatli qilib tarbiyalash zarur ekanligi ta’kidlandi. Ayni vaqtda ta’lim muassasasida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarni moddiy ma’naviy qo‘llab-quvvatlash tizimi takomillashtirilmoqda. Masalan, malaka, til bilish, yangi baholash tizimi, fan olimpiadalari kabi mezonlar asosida o‘qituvchilarga 10 dan ortiq ustama joriy qilindi. Bundan samarali foydalangan 60 ming o‘qituvchi hozirda 8-12 million so‘m maosh olmoqda. Bugun o‘z ustida muntazam ishlagan pedagog shunga yarasha rag‘batlantirilmoqda.

Yig‘ilishda sohadagi har bir yo‘nalish atroflicha tahlil qilinib, ustuvor vazifalar belgilandi. Maktab ta’limini yangi bosqichga ko‘taradigan tashabbuslar ilgari surildi. Hozirgi vaqtda pedagoglarni tayyorlash va malakasini oshirish tizimiga e’tibor qaratildi. Bu borada Abdulla Avloniy nomidagi milliy tadqiqot instituti va uning 13 ta hududiy markazi qayta tashkil etildi. Nizomiy nomidagi oliygoh Milliy pedagogika universitetiga aylantirilib, uning rektori bir vaqtning o‘zida kadrlar tayyorlash bo‘yicha vazir o‘rinbosari bo‘ldi. Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi tashkil qilinganligini o‘z nutqida ta’kidlab o‘tdi. 

Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surulgan fikrlar mamlakatimizda ta’lim sohasining rivojlanishiga qolaversa, xalqaro maydonda nufuzimizni oshirishga qaratilganligini ko‘rishimiz mumkin. Pedagogika oliygohlari professor o‘qituvchilarini Buyuk Britaniya, Germaniya va Singapur kabi davlatlarga malaka oshirishga yuborishni aytib o‘tdi. Kelgusi uch yilda barcha professor-o‘qituvchilar chet elda o‘qitiladi. “Top-100” talik universitetlarda malaka oshirish va ta’lim xizmatlarini olish to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida bo‘ladi.

Hududlardagi malaka oshirish markazlari faoliyati ham kengaytiriladi. Ulardagi professor-o‘qituvchilar AQSH, Buyuk Britaniya, Singapur, Germaniyaning ilg‘or dasturlari asosida qayta tayyorlanadi. Mamlakatimizda xalqaro tajribalar asosida ta’lim tashkil qilinsa tez o‘zgaruvchan dunyoda ta’lim mazmuni ham zamonga mos ravishda ravnaq topadi. Maktab ta’limi jamiyat taraqqiyotining asosiy omillaridan biridir. Shu bois, ushbu sohada olib borilayotgan islohotlarning samaradorligini oshirish uchun izchil strategiya, tizimli yondashuv va barcha manfaatdor tomonlarning faol ishtiroki talab etiladi. Ta’limga sarmoya – bu kelajakka sarmoya, degan hikmat bejiz aytilmagan. 

 Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati Bakirov Otabek Buranovich