Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATNING SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUVI
янв.21
DEPUTATNING SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUVI
янв.21
DEPUTATNING SAYLOVChILAR BILAN UChRAShUVI
янв.21
DEPUTATNING SAYLOVChILAR BILAN UChRAShUVI
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР БИЛАН УЧРАШУВ
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР БИЛАН УЧРАШУВ
янв.21
2022-yil 7-mart kunidagi PF-87-sonli farmoni Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari ijrosi to‘g‘risida
янв.21
SAYLOVChILAR BILAN UChRAShUV
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР БИЛАН УЧРАШУВ
янв.21
Xalq deputatlari Denov tumani Kengashi deputati Abduraimov Mamadi Denov tumani “Xo‘jahalqi” mahallasidagi fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
8-MART XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI BILAN TABRIKLAYMIZ!

Assalomu alaykum, muhtarama ayollar, hurmatli opa-singillar!

Siz, azizlarni, bahor bayrami – "8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan chin ko‘ngildan muborakbod etamiz. Sizlarga yuksak hurmat va ehtiromimizni bildiramiz.

Hayotimizning ko‘rki va fayzi, jamiyat va oilaning ustuni bo‘lgan xotin-qizlarimizni hurmat qilish azaldan yuksak qadriyat bo‘lib kelgan. Zero sizlar bilan hayotimiz mazmunli, xonadonlarimiz esa nurafshondir.

Sizlar har bir sohada go‘zal ibrat va namuna ko‘rsatib kelasizlar.

Siz aziz opa-singillarimiz o‘z aql-zakovatingiz, tuganmas mehringiz va fidoyilik bilan doimo barchaga o‘rnak bo‘lib kelmoqdasizlar. Sizning bilim, tajriba va tashabbuskorligingizga biz har bir ishimizda tayanamiz. Munis opa-singillarimiz Sizning mehnat faoliyatingiz doimo unumli va barakali bo‘lsin.

Yana bir bor go‘zallik va nafosat bayrami bilan samimiy qutlaymiz. Sizlarga uzoq umr, mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt va farzandlaringizning kamolini tilab qolamiz. Bahor kayfiyati siz, azizlarga, doimo hamroh bo‘lsin!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat va ehtirom ila, xalq deputatlari Mirobod tuman Kengash kotibiyati!

Slide 1 of 1