35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 PREZIDENT TOPSHIRIQLARI IJROSI AMALDA: "OZOD" MAHALLASIDA OBODONLASHTRISH ISHLARI AMALGA OSHIRILMOQDA
янв.21
🏛 “DASHTICHINOR” MAHALLASIDA MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 “FAIZLI” MAHALLASIDA MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 “SURNAYTEPA” MAHALLASIDA MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 “SEBZOR” MAHALLASIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
🏛 “DAHANA” MAHALLASIDA AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN TIBBIY XIZMATLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 “TASMASOY” MAHALLASIDA DEPUTAT NAZORATI O‘TKAZILDI
янв.21
Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengash raislari, kotibiyat mudirlari va xodimlari ishtirokida navbatdagi yig'ilish bo'lib o'tdi
янв.21
🏛 “BOG‘I ERAM” MAHALLASIDA MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI O‘RGANILIB, FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILDI
Aholini suyultirilgan gaz bilan ta’minlash masalasi deputat nazoratida

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati O‘tkirjon Shukurov tomonidan saylovchilar bilan uchrashuvlar hamda fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar asosida tumanda suyultirilgan gaz ballonlari bilan ta’minlash holati yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi.

O‘rganishlar davomida suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish belgilangan grafiklarga nisbatan 90 kundan ortiq muddatga kechikayotgani, ayrim mahallalarda esa tarqatish ishlari sust tashkil etilgani aniqlandi.

Xususan, Do‘rmonsoy mahallasida gaz ballonlari tarqatilishi boshlangan bo‘lsa-da, bir oydan ortiq vaqt davomida barcha xonadonlarga yetkazib berilmagani fuqarolar tomonidan jiddiy e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda.

Natijada ko‘plab oilalar, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar, keksalar va xotin-qizlar kundalik ehtiyojlarini qondirishda qiyinchilikka duch kelmoqda.