📝 Sayyor qabul davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va mulohazalari tinglanib, ularning mazmun-mohiyati atroflicha o‘rganildi. Har bir murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar bildirildi.
🤝 Shuningdek, ijrosi qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan masalalar nazoratga olinib, ularni mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.
✅ Xalq deputatlari Denov tumani Kengashi tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, aholini qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish hamda ularning yechimini ta’minlashga qaratilgan sayyor qabullar muntazam tashkil etib borilmoqda.