O‘rganish davomida mazkur ko‘chadagi ichimlik suvi quvuri eskirib, teztez yorilishi natijasida ichimlik suvi ko‘chaga oqib ketayotgani aniqlandi. Mahalla aholisi quvurni bir necha bor hashar yo‘li bilan ta’mirlashga harakat qilgan bo‘lsada, quvur yaroqsiz holga kelgani sababli muammo takrorlanmoqda.
Yuqoridagilarni inobatga olib, “Umid gulshani” ko‘chasidagi eskirgan ichimlik suvi quvurini yangisiga almashtirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rishingizni, zarur mablag‘ va texnik vositalarni jalb etgan holda mazkur muammoni bartaraf etishingizni hamda ko‘rilgan choralar yuzasidan 10-kun muddatda yozma ma‘lumot taqdim etishingizni so‘rayman.
"To‘g‘on" mahallasida ushbu muammoni hal etish maqsadida tuman suv ta’minoti bo‘limiga “Deputatlik so‘rovi” yuborildi.