O‘rganish davomida inspeksiyada soliq ma’murchiligini takomillashtirish, soliq to‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifati, murojaatlar bilan ishlash hamda amaldagi qonunchilik hujjatlarining ijrosi yuzasidan atroflicha tanishildi.
Shuningdek, tuman inspeksiya xodimlari bilan savol-javob tarzida muloqot o‘tkazildi. Unda qonun talablarining amaliyotdagi ijrosi, xodimlarning huquq va majburiyatlari, fuqarolar hamda tadbirkorlik subyektlariga sifatli va samarali xizmat ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi.
O‘rganish yakunida qonunchilik hujjatlari ijrosini yanada samarali tashkil etish, soliq ma’murchiligini takomillashtirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.