35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 PREZIDENT TOPSHIRIQLARI IJROSI AMALDA: "OZOD" MAHALLASIDA OBODONLASHTRISH ISHLARI AMALGA OSHIRILMOQDA
янв.21
🏛 “DASHTICHINOR” MAHALLASIDA MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 “FAIZLI” MAHALLASIDA MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 “SURNAYTEPA” MAHALLASIDA MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 “SEBZOR” MAHALLASIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
🏛 “DAHANA” MAHALLASIDA AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN TIBBIY XIZMATLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 “TASMASOY” MAHALLASIDA DEPUTAT NAZORATI O‘TKAZILDI
янв.21
Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengash raislari, kotibiyat mudirlari va xodimlari ishtirokida navbatdagi yig'ilish bo'lib o'tdi
янв.21
🏛 “BOG‘I ERAM” MAHALLASIDA MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI O‘RGANILIB, FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILDI
Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi bo'lib o'tdi

Bugun xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi to'qsoninchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda senatorlar, viloyat, shahar va tumanlar Kengashlari deputatlari, sektorlar rahbarlari, kun tartibidagi masalalarga aloqador tashkilot, idora va boshqarmalar, hududiy studiyalardan hokimliklar, tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi.

Sessiya ishini xalq deputatlari viloyat kengashi raisi o‘rinbosari Choriyev Abduraim Ravshanovich olib bordi.

Хabaringiz bor 2024-yil 27-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylovlar bo‘lib o‘tadi. Amaldagi deputatlar vakolati o‘z yakuniga yetayotganligi munosabati bilan xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining 2020-2024 yillar davomidagi faoliyati to‘g‘risida xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi kotibiyati mudiri Abduraimov Saydulla Berdishukurovichning axboroti eshitildi. Unda 5 yil davomida deputatlar faoliyati, amalga oshirilgan ishlar o‘qib eshittirildi.

Shuningdek sessiya ishida Xalqaro taraqqiyot uyushmasi va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki ishtirokida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasini amalga oshirish bo‘yicha tuman va shaharlar kesimida tasdiqlangan “Yo‘l xaritalari” ijrosining muhokamasi to‘g‘risida hamda O‘zbekiston Resupblikasi Oliy Majlisi Senatining 2024-yil 31-maydagi “Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholini sifatli ijtimoiy xizmatlar bilan ta’minlash chora-tadbirlari ijrosini o’rganish natijalari to‘g‘risida” KQ-750-IV-sonli qarorni viloyatdagi ijrosi to‘g‘risidagi masalalar yuzasidan viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Sherzod Rajabovning hisoboti eshitildi.

Sessiyada jami 16 ta masala ko‘rib chiqildi va mahalliy Kengash deputatlari muhokama etilgan masalalar yuzasidan o‘z munosabatlarini bildirdi.

2024-yilning o‘tgan davri davomida viloyatda jamoat transportida xizmat ko‘rsatish sifati va madaniyatini yaxshilash amalga oshirilgan ishlar yuzasidan viloyat Transport boshqarmasi boshlig‘ining hisoboti to‘g‘risida Surxondaryo viloyati Transport boshqarmasi boshlig‘i I.Ibragimovning hisoboti deputatlar tomonidan keng muhokama etilib, navbatdagi sessiyalarda ushbu masala qayta muhokama etilishi deputatlar tomonidan ma’qullandi.

Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.

Slide 1 of 18