Fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi
Bugun, 15-aprel kuni Sariosiyo tumani hokimligi katta majlislar zalida fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi. Qabulda xalq deputatlar Sariosiyo tumani Kengashi raisi, tuman hokimi Abduqodir Donayev, Xalq qabulxonasi mudirasi O.Jo‘rabekova, tuman hokimining o‘rinbosarlari hamda tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.
Qabulda ijtimoiy yordam, davolanish uchun order, subsidiya ajratish kabi masalalarda murojaat qilib kelgan 19 nafar fuqarolarning murojaatlari koʻrib chiqildi.
️Qabul davomida fuqarolar tomonidan berilgan har bir murojaatlar batafsil o‘rganilib, ijobiy hal etilishi va qonun doirasida o‘rganilishi yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga ko‘rsatmalar berildi.