Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
3-Chuchuquduq saylov okrugi deputati S.Malikova aholi muammolari hamda okrug hududidagi ijtimoiy soha obyektlarini o‘rgandi
янв.21
Dehqonobod tumanida deputatlarning saylovchilar oldida axborot berishi davom etmoqda
янв.21
Deputat Sherzod Mengliyev saylovchilar oldida axborot berdi.
янв.21
Deputat G‘ayrat Boysariyev saylovchilar oldida axborot berdi.
янв.21
Xalq deputatlari Dehqonobod tumani Kengashining VII-chaqiriq sakkizinchi sessiyasi
янв.21
Депутат маҳалладаги олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Deputat saylovchilar oldida axborot berdi.
янв.21
Халқ депутатлари Деҳқонобод туман Кенгаши депутати аҳолининг томорқадан самарали фойдаланиш ҳолатини ўрганди.
янв.21
Xalq deputatlari Dexkonobod tuman Kengashining “Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Депутат маҳалла еттилиги фаолиятини ўрганди
Ishtixon tumanidagi 2-son politexnikumda "Bo‘lajak kadrlarni halollik vaksinasi bilan emlaymiz" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda yurtimizda yoshlarga halollik, adolatparvarlik va huquqiy ongni oshirishga qaratilgan islohotlar doirasida, yosh avlodni korrupsiyaga qarshi kurashish ruhida tarbiyalash maqsadida dolzarb mavzular muhokama qilindi.

Tadbirda Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputatlari M. Raximov hamda J. Rasulov, shuningdek, tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari, "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi Markaziy kengashidan vakillar, o‘quvchi-yoshlar va pedagoglar ishtirok etdi.

Suhbat davomida halollik tamoyillarining jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, korrupsiyaning salbiy oqibatlari, unga qarshi kurashishda yoshlarning faolligi muhimligi ta’kidlandi. Mutaxassislar tomonidan mavzuga oid ma’ruzalar tinglandi, ishtirokchilarning savollariga javob berildi.

Shuningdek, davra suhbatida halol va vatanparvar kadrlarni shakllantirishda ta’lim muassasalarining roli, ota-onalar va jamoatchilik bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida ham fikr almashildi.

Slide 1 of 5