Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Dehqonobod tumani Kengashi raisi “Beshbuloq” va “Yangiobod” mahallalarida o‘rganish olib bordi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli “Tomorqa yer egalari va dehqon xo‘jaliklari faoliyatida zamonaviy tashkiliy tizimni joriy qilish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining ijrosi yuzasidan
янв.21
Xalq deputatlari Dehqonobod tumani Kengashining VII chaqiriq oltinchi sessiyasi
янв.21
Dehqonobod tuman hokimi, Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashi raisi Sh.Shokirov boshchiligidagi sektor rahbarlari va mas’ullarning fuqarolar uchun navbatdagi ommaviy qabuli boʻlib oʻtdi.
янв.21
Deputat – xalq orasida.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qarorlarining muhokamasi
янв.21
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida
янв.21
“Yashil makon” umummilliy loyihasida deputatlarning ishtiroki
янв.21
Dehqonobod tajribasi!
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari targ‘ibot tadbirlarida
8-MART XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI BILAN TABRIKLAYMIZ!

Assalomu alaykum, muhtarama ayollar, hurmatli opa-singillar!

Siz, azizlarni, bahor bayrami – "8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan chin ko‘ngildan muborakbod etamiz. Sizlarga yuksak hurmat va ehtiromimizni bildiramiz.

Hayotimizning ko‘rki va fayzi, jamiyat va oilaning ustuni bo‘lgan xotin-qizlarimizni hurmat qilish azaldan yuksak qadriyat bo‘lib kelgan. Zero sizlar bilan hayotimiz mazmunli, xonadonlarimiz esa nurafshondir.

Sizlar har bir sohada go‘zal ibrat va namuna ko‘rsatib kelasizlar.

Siz aziz opa-singillarimiz o‘z aql-zakovatingiz, tuganmas mehringiz va fidoyilik bilan doimo barchaga o‘rnak bo‘lib kelmoqdasizlar. Sizning bilim, tajriba va tashabbuskorligingizga biz har bir ishimizda tayanamiz. Munis opa-singillarimiz Sizning mehnat faoliyatingiz doimo unumli va barakali bo‘lsin.

Yana bir bor go‘zallik va nafosat bayrami bilan samimiy qutlaymiz. Sizlarga uzoq umr, mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt va farzandlaringizning kamolini tilab qolamiz. Bahor kayfiyati siz, azizlarga, doimo hamroh bo‘lsin!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat va ehtirom ila, xalq deputatlari Mirobod tuman Kengash kotibiyati!

Slide 1 of 1