Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Dehqonobod tumani Kengashi raisi “Beshbuloq” va “Yangiobod” mahallalarida o‘rganish olib bordi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli “Tomorqa yer egalari va dehqon xo‘jaliklari faoliyatida zamonaviy tashkiliy tizimni joriy qilish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining ijrosi yuzasidan
янв.21
Xalq deputatlari Dehqonobod tumani Kengashining VII chaqiriq oltinchi sessiyasi
янв.21
Dehqonobod tuman hokimi, Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashi raisi Sh.Shokirov boshchiligidagi sektor rahbarlari va mas’ullarning fuqarolar uchun navbatdagi ommaviy qabuli boʻlib oʻtdi.
янв.21
Deputat – xalq orasida.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qarorlarining muhokamasi
янв.21
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida
янв.21
“Yashil makon” umummilliy loyihasida deputatlarning ishtiroki
янв.21
Dehqonobod tajribasi!
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari targ‘ibot tadbirlarida
Xalq deputatlari Uchquduq tumani Kengashining navbatdagi 6-sessiyasi bo'lib o'tdi.

Xalq deputatlari Uchquduq tumani Kengashining navbatdagi 6-sessiyasi bo'lib o'tdi.

 Uchquduq tumanida xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya davomida
kun tartibidagi bir qator muhim masalalar muhokama qilindi.
 

  Birinchi masala sifatida 2025-yilda Uchquduq tumanida 6-bosqich “Ayollar daftari”ga kiritiladigan xotin-qizlar ro‘yxati va ularning muammolarini bartaraf etishga qaratilgan “Yo‘l xaritasi” muhokama qilindi. Bu haqda tuman hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i N.Najmiddinova axborot berdi. 

Xatlov jarayonida 496 nafar xotin-qiz turli muammolarga duch kelgani aniqlangan. Jumladan:

96 nafari ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar;

38 nafari tadbirkorlik qilish istagidagi xotin-qizlar;

171 nafari boquvchisi yo‘q ehtiyojmand ayollar;

112 nafari I va II guruh nogironligi bor hamda tezkor tibbiy muolajaga muhtoj xotin-qizlar;

3 nafari uy-joyga muhtoj xotin-qizlar;

🟢76 nafari qaramog‘ida nogironligi bor farzandi bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlar.

Shu munosabat bilan "Ayollar daftari"ga kiritiladigan 496 nafar xotin-qizlar muammolarini hal etish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi" ishlab chiqildi va muhokamaga taqdim etildi. 

Shuningdek, sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi PF-87-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida axborot tinglandi. Bu borada tuman hokimi o‘rinbosari N.Najmiddinova, Uchquduq tuman adliya
bo‘limi boshlig‘i Ulug‘bek To‘rayev, tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i Inomjon Rasulov, Uchquduq tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Xurshid Shukurov, Inson ijtimoiy xizmatlar markazi boshlig‘i Umar Xudoyqulov va
“Mikrokreditbank” Uchquduq bank xizmatlari markazi boshlig‘i Asliddin Nuriddinovich tomonidan ma’lumotlar berildi.
 

Sessiya kun tartibidagi boshqa masalalar quyidagilarni o‘z ichiga oldi:
Uchquduq tuman adliya bo‘limining 2024-yilda amalga oshirgan ishlari va huquqni qo‘llash amaliyoti holati; 

2025-yilda tuman mahalliy budjeti hisobidan mablag‘ ajratish masalasi; 

Tumanda aholi bandligini ta’minlash va daromadini oshirish yuzasidan 2025-yil yanvar oyida amalga oshirilgan mikroloyihalarni o‘rganish natijalari; 

Fuqarolar yig‘inlari raislari sayloviga tayyorgarlik va uni o‘tkazishga ko‘maklashish.
Shuningdek, sessiyada qator qo‘shimcha masalalar ham ko‘rib chiqildi, jumladan:
To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni tartibga solish; 

Xalq deputatlari tuman Kengashi huzurida yoshlar maslahat guruhini tashkil etish;  

Xalq deputatlari tuman Kengashi qarorlari loyihalarini ishlab chiqish va huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uslubiyatini tasdiqlash; 

Davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaxslarining hisobotlarini eshitish tartibini tasdiqlash;  

Kengash so‘rovini va deputat so‘rovini yuborish tartibini tasdiqlash; 

Xalq deputatlari tuman Kengashi huzurida ekspert guruhini tashkil etish.
Sessiya yakunida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil
28-yanvardagi Qarorlari tasdiqlandi.
 

Muzokaralarda deputatlar Laylo Karimova, Gulbahor Allanova, Malika Xudoyberdiyeva,
Bahodir Sharipov va Moldabek Abdikarimovlar so‘zga chiqib o‘z fikr va mulohazalarini
bildirdi.
  

Slide 1 of 12