Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston va Koreya - yangi imkoniyatlar sari mustahkam qadam
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashining navbatdagi VII chaqiriq yigirma oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Doimiy komissiya tomonidan mahallalarda qonunlar va Kengash qarorlari ijrosi joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Suv ta’minoti sohasida qonun ijrosi joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya tomonidan "Nuroniylar" jamg‘armasi faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Qonun ijrosi yuzasidan doimiy komissiya aʼzolari tomonidan oʻrganish olib borildi
янв.21
Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashi va O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan uchrashuv
янв.21
Maktab kutubxonasi holati o‘rganildi
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLINING FAOLIYATI O‘RGANILDI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning ‘mahalla yettiligi’ bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida joylarda o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.

🇺🇿 Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi Raisi, deputati
R. Yusupov tomonidan “Xiyobontepa” mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.

🔠 O‘rganish davomida mahallada xotin-qizlar bilan ishlash, ularning murojaatlarini ko‘rib chiqish, mavjud muammolarini aniqlash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

📝 Shuningdek, xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga va tadbirkorlikka jalb etish, nogironligi bo‘lgan shaxslar va ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, oilaviy muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

👉 Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati doirasida izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 2