Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston va Koreya - yangi imkoniyatlar sari mustahkam qadam
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashining navbatdagi VII chaqiriq yigirma oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Doimiy komissiya tomonidan mahallalarda qonunlar va Kengash qarorlari ijrosi joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Suv ta’minoti sohasida qonun ijrosi joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya tomonidan "Nuroniylar" jamg‘armasi faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Qonun ijrosi yuzasidan doimiy komissiya aʼzolari tomonidan oʻrganish olib borildi
янв.21
Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashi va O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan uchrashuv
янв.21
Maktab kutubxonasi holati o‘rganildi
SAYLOVCHILAR BILAN OCHIQ MULOQOT — MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati H. Qudratov tomonidan Do‘stlik MFYning Pastkichaqir qishlog‘ida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va mulohazalari tinglanib, qishloq hududida aholini qiynab kelayotgan ijtimoiy, iqtisodiy va infratuzilmaga oid masalalar yuzasidan ochiq muloqot olib borildi.

Saylovchilar tomonidan bildirilgan muammolar joyida o‘rganilib, ularni hal etish imkoniyatlari, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni tegishli mutasaddilarga yetkazish, ularning qonuniy yechimini ta’minlash hamda ijrosini nazorat qilish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Deputat tomonidan saylovchilar bilan muntazam muloqot qilish, hududdagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni amaliy yechimga yo‘naltirish muhim vazifa ekani ta’kidlandi.

Slide 1 of 2