Xalq deputatlari shahar Kengashining "Qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha" doimiy komissiyasi raisi B.Toshpo‘latov va deputat M.Mamatqulovlar tomonidan Jizzax shahar Zargarlik MFY hududidagi ko‘p qavatli uylarning fasad qismini taʼmirlashda ishtirok etayotgan bosh pudratchi tashkilotlarining ish jarayonlari o‘rganildi. O‘rganish jarayonida pudrat tashkilotlari tomonidan olib borilayotgan ish jarayonlarida bir-qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganliklari. Shuningdek, xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik holatlari aniqlandi. Bu borada aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etilishi yuzasidan, ushbu qurilish tashkilotlari masʼullariga tegishli ogohlantirish va ko‘rsatmalar berildi.