Uchquduq tumanida mikroloyihalarning ishga tushirilishi holati o'rganildi.
Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi deputati M.Kamolova va “Do‘stlik” MFY hokim yordamchisi B.Axrorov, tuman Kambag‘allikni qisqartish va bandlik bo‘limi hodimi E.Ergashev, TIF Milliy bank filiali xodimi A.Haydarovlar birgalikda
“Do‘stlik” MFY hududida Bo‘ston ko‘chasida yashovchi Abdurahmatov Mardonali Rasuljon o‘g‘lining loyihasi o‘rganildi. Abdurahmatov Mardonali Rasuljon o‘g‘li tomonidan Uchquduq tumani “Iftixor” mahallasida “Nonvoyxona” yangi xizmat ko‘rsatishni ishga tushirilgan. Milliy bankdan 10 mln mablag‘ sarflangan, bank krediti 10 mln, ikkita ish o‘rni
yaratilgan. Loyiha 2025-yilning 31-yanvar kuni ishga tushgan.