Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston va Koreya - yangi imkoniyatlar sari mustahkam qadam
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashining navbatdagi VII chaqiriq yigirma oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Doimiy komissiya tomonidan mahallalarda qonunlar va Kengash qarorlari ijrosi joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Suv ta’minoti sohasida qonun ijrosi joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya tomonidan "Nuroniylar" jamg‘armasi faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Qonun ijrosi yuzasidan doimiy komissiya aʼzolari tomonidan oʻrganish olib borildi
янв.21
Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashi va O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan uchrashuv
янв.21
Maktab kutubxonasi holati o‘rganildi
Deputatlar saylovchilar oldida axborot berdi.

Xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashlari deputatlarining 2026-yil birinchi yarim yillik faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berish reja-grafigiga muvofiq, Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi deputati M.Xurboyev hamda XALQ DEPUTATLARI BAG‘DOD TUMANI KENGASHI RAISI D.Karimovalar tomonidan “Tuvadoq” mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan ochiq muloqot uchrashuvi o‘tkazildi.

Uchrashuvda TUMAN HOKIMI M.Isaqov, Kengash kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev, tuman hokimi o‘rinbosarlari, tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda mahalla faollari ishtirok etdi.

Muloqot davomida deputatlar tomonidan 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan batafsil axborot berildi. Jumladan, Kengash sessiyalarida ko‘rib chiqilgan dolzarb masalalar va qabul qilingan qarorlar, deputatlik so‘rovlari hamda ularning ijrosi, saylovchilardan kelib tushgan murojaatlar bilan ishlash holati, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etish, obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash va aholi manfaatlarini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar ham tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi. Xususan, 44-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida qo‘shimcha bino qurish zarurligi yuzasidan ko‘tarilgan masala Kengash raisi, tuman hokimi hamda viloyat Kengashi deputatlari ishtirokida joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish yakunida tuman hokimi tomonidan mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berilib, mazkur qo‘shimcha binoni homiylar ko‘magida barpo etish bo‘yicha amaliy ishlarni boshlash belgilandi.

Slide 1 of 7