Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston va Koreya - yangi imkoniyatlar sari mustahkam qadam
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashining navbatdagi VII chaqiriq yigirma oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Doimiy komissiya tomonidan mahallalarda qonunlar va Kengash qarorlari ijrosi joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Suv ta’minoti sohasida qonun ijrosi joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya tomonidan "Nuroniylar" jamg‘armasi faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Qonun ijrosi yuzasidan doimiy komissiya aʼzolari tomonidan oʻrganish olib borildi
янв.21
Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashi va O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan uchrashuv
янв.21
Maktab kutubxonasi holati o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova hamda tuman Kengashi deputati J.Ismonovalar Namuna mahallasiga tashrif buyurdilar.

 Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova hamda tuman Kengashi deputati J.Ismonovalar Namuna mahallasiga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida mahalla raisi M.Jo‘rayev bilan ochiq va amaliy muloqot o‘tkazilib, mahallada amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar, aholi turmush farovonligini oshirish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarining holati muhokama qilindi. Shuningdek, aholini qiynayotgan dolzarb muammolar, ularni hal etish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hamda kelgusida bajarilishi rejalashtirilgan ishlar xususida fikr almashildi. Suhbat jarayonida mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar bandligini ta’minlash, xotin-qizlar bilan ishlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va infratuzilmani yanada yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tuman Kengashi vakillari mahallada olib borilayotgan ishlar bilan tanishib, mavjud muammolarni bosqichma-bosqich hal etish, aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va davlat organlari hamda mahalla o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalarni bildirdilar. 

Slide 1 of 4