Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Dehqonobodda infratuzilma loyihalari ijrosi deputat nazoratda
янв.21
Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashi faoliyati: 2026-yil 1-chorak HISOBOTI
янв.21
Qonunchilik palatasi deputati va mahalliy Kengash deputatlari saylovchilar bilan uchrashdi
янв.21
Hamkorlikda – ekologik barqarorlik sari!
янв.21
Qo‘rg‘ontosh mahallasida amaldagi qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi
янв.21
Dehqonobod tumanida deputatlik so‘rovlari tahlili yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat Sarchashma mahallasida mahalla yettiligi faoliyatini o‘rgandi.
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazdi
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati G.Isayeva hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi L.Muqimov hamkorligida tumandagi saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati G.Isayeva hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi L.Muqimov hamkorligida tumandagi saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil to‘g‘risida”gi O‘RQ-440-sonli Qonunining mazmun-mohiyati haqida atroflicha tushuntirishlar berildi.

 Jumladan, mazkur qonun orqali tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning faoliyatida uchrayotgan muammolarni bartaraf etish hamda davlat organlari bilan o‘zaro munosabatlarda qonuniylikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgani ta’kidlandi.

️ Shuningdek, tadbirkorlar o‘z faoliyati davomida yuzaga kelayotgan muammolar bo‘yicha mazkur vakilga murojaat qilish imkoniyatiga ega ekanliklari haqida ham ma’lumotlar berildi.

️ Uchrashuv yakunida fuqarolarning savollariga javoblar qaytarilib, ularning taklif va mulohazalari tinglandi.

Slide 1 of 3