Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Dehqonobodda infratuzilma loyihalari ijrosi deputat nazoratda
янв.21
Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashi faoliyati: 2026-yil 1-chorak HISOBOTI
янв.21
Qonunchilik palatasi deputati va mahalliy Kengash deputatlari saylovchilar bilan uchrashdi
янв.21
Hamkorlikda – ekologik barqarorlik sari!
янв.21
Qo‘rg‘ontosh mahallasida amaldagi qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi
янв.21
Dehqonobod tumanida deputatlik so‘rovlari tahlili yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat Sarchashma mahallasida mahalla yettiligi faoliyatini o‘rgandi.
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazdi
#tavsiyalar_asosida

#tavsiyalar_asosida 

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati D. Rahimova hamda XDP shahar Kengashi raisi Sh. Izamovalar partiya bilan hamkorlikda Bobur mahallasida istiqomat qiluvchi, ta’lim muassasalariga qatnash imkoniyati cheklangan, uyda yakka tartibda ta’lim olayotgan nogiron bolalar xonadonlariga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida bolalarning uy sharoitida ta’lim olish jarayoni, ularga yaratilgan imkoniyat va sharoitlar, o‘qitish sifati hamda maxsus o‘quv adabiyotlari va qo‘llanmalar bilan ta’minlanganlik holati chuqur tahlil asosida o‘rganildi. Deputatlar tomonidan bolalarning ta’limga bo‘lgan qiziqishi va intilishi e’tirof etilib, ularning bilim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish, inklyuziv ta’lim sifatini oshirish hamda amaliy ko‘makni kuchaytirish yuzasidan aniq taklif va tavsiyalar ilgari surildi.

Mazkur tashrif ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ta’limga teng kirish imkoniyatlarini ta’minlash yo‘lidagi amaliy hamkorlikning muhim bosqichi bo‘lib xizmat qildi.

🌎 Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a'zo bo'ling!

Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61580100445021) /Youtube (https://youtube.com/@xalqdeputatlarikogonshahar-g8r?si=tTSW0oZuoAxxdcXO) /Telegramm (https://t.me/KogonshaharKengashiVI) /Instagram (https://www.instagram.com/kogonshaharkengashi?utm_source=qr&igsh=NDRrbGprbzRpMmZs)/ Veb sayt (https://kengash.gov.uz/news?region_id=2&authority_id=276)

Slide 1 of 7